Oliy va örta maxsus ta'lim muassasalari karantinga yopilgani bois talabalar hamda öquvçilarga telekanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali masofaviy ta'lim yölga qöyiladi.
Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari Uzoqboy Begimqulov AOKA qoşidagi maxsus ştabda bölib ötgan brifingda ma'lumot berdi.
«Oliy va örta maxsus ta'lim muassasalarida öquv dasturlarimizdagi mavzularni onlayn ötkazib boriş tizimini yölga qöydik. Ta'til vaqtida talabalarning bilim oliş darajasini masofadan turib qöllab-quvvatlaş maqsadida Telegram ijtimoiy tarmoğida @eduuz_online loyihasi yölga qöyildi. OTMlarning eng malakali professor-öqituvçilari tomonidan yaratilgan videoma'ruzalar uşbu kanalga muntazam joylaştirib boriladi», deya vazir örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, UzReport va «Mening yurtim» (MY5) telekanallari orqali ham oliy öquv yurtlari talabalari va örta maxsus ta'lim muassasalari öquvçilari uçun aniq grafik asosida videodarslar uzatiladi.
«Mening yurtim (MY5) telekanalida haftaning duşanbadan juma kuniga qadar soat 10:30dan 12:00gaça OTM talabalari uçun psixologiya va ingliz tili fanlaridan ma'ruza maşğulotlari ötkazilişi yölga qöyilmoqda.
UzReport telekanali bilan hamkorlikda taşkil etigan «Teledars» körsatuvi ham öquvçilarga uydan çiqmasdan sifatli ta'lim oliş imkonini beradi.
«Teledars»da dam oliş kunlaridan taşqari har kuni 10:15da geografiya, 11:15da matematika, 12:15da fizika fanlaridan darslar töğridan-töğri efirga uzatiladi», dedi Uzoqboy Begimqulov.
Qöşimça qilinişiça, «Teledars» dasturini UzReport telekanalning Facebook va YouTube manzillari orqali bevosita onlayn efirda köriş, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Facebook sahifasi va YouTube kanalida









