Özbekistonda koronavirus bilan oğriganlarning 5 nafarida ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatovning ma'lum qilişiça, ular koronavirusga ikki karra testdan ötkazilgandan söng karantinga ötkaziladi.
Bahrom Almatov Özbekistonda koronavirus taşxisi qöyilganlar orasida tuzalganlar ham bor-yöqligi haqidagi savolga javob qaytardi.
«Ha, ijobiy özgarişlar bor. Bugungi kunda beş nafar fuqaromizda kasallik belgilari yöqolgan. Özlarini yaxşi his qilişyapti.
Endi ularni organizmda virus bor-yöqligiga ikki marta tekşiramiz. Şundan söng ular ehtimol şart 14 kun karantinda saqlanadi, söngra uylariga ruxsat beriladi», deya Bahrom Almatovning onlayn brifingdagi sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
24 mart kuni soat 12:20 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 nafarni taşkil etmoqda.













