Nutq davomida Töqayev inflyatsiya, ijtimoiy yordam, soliq tizimi, yöllar sifati va davlat boşqaruvini isloh qiliş masalalariga ham töxtalib ötdi.

2027-yil keng kölamli quriliş yili deb eʼlon qilindi

Töqayev 2027-yilni Keng kölamli umumxalq qurilişi yili deb eʼlon qildi. Uning sözlariga köra, mamlakat asosiy eʼtiborini infratuzilmani rivojlantiriş va aholi turmuş sifatini oşiriş uçun şaroit yaratişga qaratişi kerak. Hududlarda yöllar quriş, vokzal va aeroportlarni yangilaş, şifoxonalar, sport majmualari, kutubxona va ijod uylarini barpo etiş rejalaştirilgan. Şuningdek, uy-joy qurilişi, aholi punktlarini gazlaştiriş va fuqarolarni toza içimlik suvi bilan taʼminlaş işlari davom ettiriladi.

Mamlakatni yangilaş uçun Milliy jamğarmadan 6,5 trillion tenge ($14,3 mlrd) yönaltiriladi

2029-yil oxiriga qadar Qozoğiston Milliy jamğarmasidan 6,5 trillion tenge ($14,3 mlrd) ajratiş rejalaştirilgan. Prezidentning sözlariga köra, uşbu mablağlar nafaqat moliyaviy zaxiralarni töplaş, balki infratuzilmani rivojlantiriş va fuqarolarning turmuş darajasini yuksaltiriş uçun ham sarflanişi lozim. Ijtimoiy loyihalarga dastlabki 1,5 trillion tengeni ($3,3 mlrd) 2027-yil boşida yönaltiriş möljallangan. Töqayev investitsiyalar zamonaviy infratuzilmani barpo etiş, iqtisodiyotni rivojlantiriş va fuqarolar öz salohiyatini röyobga çiqarişi uçun şaroit yaratişga xizmat qilişi kerakligini taʼkidladi.

Qozoğiston yalpi içki mahsuloti 400 milliard dollarga yaqinlaşadi

Prognozlarga köra, 2026-yilda Qozoğiston yalpi içki mahsuloti 400 milliard dollarga yaqinlaşadi, aholi jon boşiga töğri keladigan YAIM esa 19 ming dollardan oşadi. Şuningdek, mamlakat iqtisodiyot hajmi böyiça dunyoda 47-örinni egallaşni maqsad qilgan. Prezident keltirgan maʼlumotlarga köra, mamlakatning jami moliyaviy zaxiralari 130 milliard dollarni taşkil etadi. Töqayev mavjud resurslarni infratuzilmani modernizatsiya qiliş, maktab va şifoxonalar quriş hamda hududlarni rivojlantirişga yönaltiriş zarurligini maʼlum qildi.

Eng kam iş haqi 110 ming tengega oşiriladi

2027-yil 1-yanvardan boşlab Qozoğistonda eng kam iş haqi 85 ming tengedan ($187) 110 ming tengega ($240) tengega kötariladi. Uşbu taşabbus doirasida eʼlon qilingan maʼlumotlarga köra, özgariş 1,8 millionga yaqin fuqaroga taalluqli böladi. Xususan, byudjet sohasidagi 370 mingdan ortiq xodimning daromadlari oşişi kutilmoqda. Eng kam iş haqining özgarişi ayrim ijtimoiy tölovlar, pensiya badallari va davlat jamğarmalariga ajratmalarga ham taʼsir körsatişi mumkin.