Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Amerikadagi neft zavodi talab keskin kamayganligi sababli yopildi
AQSh hukumatining ma'lumot berishicha, 16 martdan 22 martgacha bo‘lgan muddat ichida neft mahsulotlari yetkazib berish hajmi sutkasiga ikki million barrelga qisqargan.
Talabning keskin tushib ketishi natijasida Shimoliy Amerikada dastlabki neftni qayta ishlash zavodi yopildi. Zavod iqtisodiy vaziyatga qarab ikki oydan olti oygacha ishlamasligi mumkin, deb yozadi Bloomberg.
Zavod Kanadaning Nyufaundlend provinsiyasida joylashgan bo‘lib, u kuniga 130 ming barrel neftni qayta ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Boshqa korxonalar ishni to‘liq to‘xtatgani haqida hozircha ma'lum qilmadi, ammo parvozlar soni qisqarishi ortidan benzin va aviakerosinga bo‘lgan talabning tushib ketishi sababli ishlab chiqarish quvvatini pasaytirmoqda.
AQSh hukumatining ma'lumot berishicha, 16 martdan 22 martgacha bo‘lgan muddat ichida neft mahsulotlari yetkazib berish hajmi sutkasiga ikki million barrelga qisqargan.
30 mart kuni WTI neftining bir barreli narxi 20 dollarni tashkil etdi. Bozor ishtirokchilarining qayd etishlaricha, shartnomalar aslida 10-15 dollar atrofidagi narxda tuzilmoqda.
Mavzuga oid
15:07 / 07.02.2022
Yevropada Rossiya nefti narxi rekord darajada qimmatladi
12:18 / 19.01.2022
Neft 2014 yildan buyon maksimal darajada qimmatladi
15:37 / 08.03.2021
Saudiya Arabistonidagi neft zavodiga hujumdan so‘ng Brent nefti narxi 70 dollardan oshdi
17:30 / 11.11.2020