Prezident «Mehr-şafqat va salomatlik» fondiga tadbirkorlar va saxovatpeşa insonlar tomonidan ezgulik yölida katta miqdordagi mablağlar ixtiyoriy ravişda tuşirib berilayotganini e'tirof etdi.
«Köp vatandoşlar, homiylar yordam beryapti. Özbekiston farzandi Alişer Burhonoviçga alohida rahmat aytmoqçiman. 20 million dollar ötkazib berdi.
Yangi Özbekistonga birinçi kundan boşlab juda katta madad berib, yelkadoş bölmoqda. Şu kunlarda özlariyam Özbekistonda. Qaysi davlatda koronavirusga qarşi yangi dori topilsa, özim pulini tölab olib kelib beraman xalqim uçun, deb aytyapti. Xalqimiz nomidan minnadorçilik bildirmoqçiman», dedi Şavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan inqirozga qarşi kuraşiş şaroitida tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça videoselektorda.
Prezidentning ma'lum qilişiça, Navoiy viloyatidagi klasterlardan birining rahbari kuni keça Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasiga 500 ming dollar naqd pul olib kelgan.
«Bunday insonlarimiz juda köp. Navoiylik vatandoşimiz Moskvada ekan, elçixonaga 500 ming dollar naqd pul olib kelibdi. Xalqimga deb. Mana qanday farzandlarimiz bor», dedi davlat rahbari.
Bundan avvalroq, kelib çiqişiga köra özbekistonlik bölgan rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov Özbekistonda koronavirusga qarşi kuraş uçun 20 mln dollar ajratgani, bu mablağ Toşkent viloyatida qurilayotgan şifoxonalarni eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlaş uçun yönaltirilişi xabar qilingandi.









