«Özbekiston 24» telekanalidagi çiqişida Alişer Şodmonov sönggi 2-3 kunda Özbekistonda koronavirusni yuqtirib oliş holatlari ortişi böyiça savolga javob berdi.

«Epidemiologiyaning qonuniyatiga köra, boşqa davlatlardagi kasallaniş dinamikasini kuzatadigan bölsak, virus yuqib, tarqalib, ösişi davom etadi. Har bir davlat tibbiyotining oldida turgan masala – kasallanişning keskin oşişiga yöl qöymaslik», - dedi Şodmonov.

Vazir Özbekistonda koronavirus taşxisini amalga oşiriş böyiça yaratilgan şaroitlarga töxtaldi.

«Koronavirus taşxisini amalga oşiriş uçun yetarli şaroit bor. PsR apparatlari yetarli miqdorda ta'minlangan. Diagnostikumlarni qator mamlakatlardan olib kelib, yetarli miqdorda ta'minlaganmiz. 

Qaysi mamlakatda kasallikni aniqlaş jarayonlari tez amalga oşsa, izolyatsiya qilinsa, şifoxonaga joylansa va davolansa, bu yerda yaxşi natijalarga erişiladi, keng tarqalişiga yöl qöyilmaydi», dedi Şodmonov.

U tekşiruvlar kuçaytirilganini ta'kidladi.

«Bugungi kunda barça karantin zonalarimizda, aholimizning xavf guruhlari içida tekşiruvlarni kuçaytirganmiz. Keçaning özida biz 4737ta test sinovlarini ötkazdik. 76ta holatda kasallikni aniqladik. Yangi kasallar aniqlanganligi yomon holat, lekin aniqlamaganimizda undan ham yomon bölişi mumkin edi», dedi Soğliqni saqlaş vaziri.

Alişer Şodmonov karantin me'yorlarining 14 kun etib belgilanişiga izoh berdi va kasallik tarqalişining oldini oliş borasidagi amalga oşirilayotgan işlarga töxtaldi.

«Me'yorlarni tanlaşda hamjamiyat, olimlar, mutaxassislar bilan hamkorlikda, integratsiyada işlaş böyiça prezidentimiz topşiriq berganlar. Ikki marta Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining missiyasi böldi. Taşkilot vakillari kelib, bizda epidemiologiya nuqtayi nazaridan işlarni olib borişdi. Amerika qöşma ştatlaridan professor iş olib bordi, Niderlandiyadan Urte xonim bizda 2 oy mobaynida iş olib bordi. Bugungi kunda prezident topşiriğiga muvofiq, Koreyadan professor Çoy taşrif buyurgan, u hozirgi kunda mamlakatimizda bölib turibdi. Hozirgi kunda epidemiyaga qarşi çoralar böyiça bizga yordam beryapti», dedi Şodmonov.

U koronavirusdan zararlangan 390 nafar kişining holati nazoratda bölişi, sifatli standartlar asosida yordam berilişi nuqtayi nazaridan har bir bemorga davolovçi şifokordan taşqari, ikki nafardan tibbiyot xodimi - oliy ta'lim muassasalari va respublika ilmiy markazlari yetakçi mutaxassislari biriktirilganini aytib ötdi.