«Oğir 11 kundan söng turmuş örtoğimga javob berişmoqda. Men bundan xursandman, lekin hanuz juda köplab insonlar şifoxonada qolişmoqda», — deb yozgan Reçberning ayoli.

46 yoşli Ruştu Reçber koronavirus infeksiyasiga çalinib, şifoxonaga yotqizilgani haqida 31 mart kuni xabarlar tarqalgan edi. OAV sobiq darvozabon oğir ahvoldaligini yozgandi. Marca naşrining xabariga köra, bungaça Reçber AQŞdan kelgan va ikki haftalik karantinga rioya qiliş haqidagi talabiga bepisand qaragan.

Turkiya milliy jamoasi tarkibida bu darvozabon 120ta öyin ötkazgan va 2002 yilgi jahon, 2008 yilgi Yevropa çempionatlarining bronza medallarini qölga kiritgan. Klub darajasida Ruştu Reçber «Beşiktoş», «Fenerbaxçe» va «Antalyasport», şuningdek, «Barselona» safida öynagan. U – 6 karra Turkiya çempioni va 2 marta kubok sohibi.