Dekabr oyida Xitoyda paydo bölgan va keyinçalik boşqa qit'alarga tarqalgan yangi turdagi Covid-19 kasalligi bugun dunyo kun tartibidagi eng asosiy masala bölib turibdi. Pandemiya nafaqat global iqtisodiyotga, balki AQŞ va Xitoy örtasidagi raqobatga ham jiddiy ta'sir ötkazişi kutilmoqda. Ya'ni bundan keyin Xitoyning siyosiy va iqtisodiy maqsadlarida ba'zi özgarişlar yuz berişi aniq.
Foto: EPA/Vostock-photoFoto: EPA/Vostock-photo
Quyidagi maqolada ayni mana şu masalalar xususida söz yuritiladi.
Yangi xalqaro tartib örnatilişi kutilmoqda
Ma'lumki, mart oyi örtalariga kelib, Xitoy virusga qarşi kuraşda ğolib bölganini e'lon qilgandi. Endilikda mamlakatda kasallikka çalinişning faqat çet el bilan boğliq holatlari qayd etilmoqda. Epidemiya markazi esa AQŞ va Yevropaga köçib ötgan.
Koronavirusning butun dunyoga yoyilişi, xalqaro institutlar hamda mavjud tizimlarning uşbu jarayon qarşisida ojiz qolişi ortidan epidemiyadan söng yangi bir xalqaro tartib örnatilişi haqida bahslar yuzaga kela boşladi va bu bahslar hamon davom etmoqda.
AQŞ tomonidan keskin tanqidlar bildirilmoqda
1980-yillarda Den Syaopin davri bilan «oçiliş» jarayoniga kirgan Xitoyning taşqi siyosatdagi maqsad-muddaolariga baho berişdan avval ba'zi muhim tarixiy sanalarga töxtalib ötiş joiz.
Ön beş yillik muzokaralardan söng, nihoyat 2001 yilda Xitoy Jahon savdo taşkilotiga (JST) a'zo bölişi, aytiş mumkinki, mamlakatning taşqi iqtisodiy faoliyatida jiddiy buriliş yasagandi. 2008 yildagi Pekin Olimpiadasi «Bir dunyo, bir orzu» şiori bilan Xitoyning qaytadan uyğonganini butun dunyoga namoyiş qiladi. Bundan taşqari, 2008 yildagi global moliyaviy inqirozdan jiddiy talafotsiz çiqib olgan Xitoy yuqori iqtisodiy ösiş sur'atlarini davom ettiriş bilan bir qatorda, yangi bozorlarga kirib bordi va Ğarb dunyosi bilan özaro boğliq jarayonlarga kirişdi.
Ayniqsa, Si Tszinpin davrida Xitoy xalqaro tizim tomonidan «revizion hokimiyat» sifatida baholana boşladi. Xitoy an'anaga köra, «tinç yuksaliş», «insoniyatning umumiy taqdiri», «birgalikda ğalaba qozoniş», «boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik» kabi tinçliksevar, ayni paytda bir qadam orqada turib, vaziyatni kuzatadigan, darhol munosabat bildirmaydigan taşqi siyosat sohibidir. Bugungi kunda ham şunga öxşaş tuşunçalar Si Tszinpinning nutqlarida tez-tez tilga olinmoqda. Biroq Xitoy faqatgina sözda qolib ketmaydigan va Ğarb tizimiga yönalgan bir muqobil kuç sifatida odim taşlamoqda va ayniqsa, AQŞ tomonidan keskin tanqidlarga uçramoqda.
AQŞ-Xitoy raqobati epidemiya tufayli orqa fonga ötib qoldi
Rossiya bilan kengayib borayotgan hamkorlik aloqalari, «Avlod-Yöl» taşabbusi orqali Xitoyning AQŞ manfaatlariga qarşi ölaroq Yaqin Şarq, Örta Yer dengizi va Yevropada olib borayotgan faoliyati, hamkorlik mexanizmlari, Ğarbning markazlaşgan tizimlarga muqobil sifatida yaratilgan yangi institutlar, harbiy-texnologik imkoniyatlarni kuçaytiriş – bularning barçasi Xitoy taşqi siyosatidagi maqsadlarning asosiy vositalaridir.
Mavzuga oid
2002 yilda SARS (ötkir nafas oliş yetişmovçiligi sindromi) tarqalişi nisbatan çeklangan hududlarga ta'sir körsatgan va tez orada yakun topgandi. Öşa paytda kasallik JSTga yangi a'zo bölgan va 2008 yildagi Olimpiya öyinlariga mezbonlik qilişi kutilayotgan Xitoyning dunyoga özini namoyon etişiga ozmi-köpmi tösqinlik qilgandi. Albatta, Xitoyning hozirgi vaziyati 2002 yildagidan nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki taşqi siyosat nuqtayi nazaridan ham tubdan farq qiladi.
Covid-19 inqirozi ortidan Xitoy yangi qiyinçiliklar bilan yuzma-yuz kelmoqda. Joriy munozaralar Covid-19’ning AQŞ va Xitoy örtasidagi kuçlar raqobatiga ta'siri nuqtayi nazaridan ham rivojlanib bormoqda. Epidemiyaga qadar, AQŞ va Xitoy örtasida köplab masalalarda raqobat davom etayotgandi. Hozirda esa uşbu raqobat epidemiya tufayli orqa fonga ötib qoldi.
Munozaralar qozoni hali ança qiziydi
Aytiş mumkinki, AQŞ va Xitoy örtasidagi munozarali kuraş bundan keyin ham Covid-19’ning yeçimi, vaksina va dori-darmon masalalari böyiça özgaruvçan yönalişda davom etadi.
Sönggi paytlarda vaziyat keskinlaşdi. AQŞ prezidenti Donald Tramp «Xitoy virusi» iborasi bilan Xitoyni ayblar ekan, öz navbatida Çin davlati hukumati AQŞni epidemiyani jiddiy qabul qilmaganlikda va Yevropaga yetarli darajada yordam körsatmaganlikda aybladi. Hatto virus Xitoyga AQŞ armiyasi tomonidan olib kelingani haqidagi da'volar ham örtaga çiqdi. G20 yiğilişidan keyin ikki mamlakat örtasidagi keskinlik biroz bölsa-da pasaydi, hamkorlikka oid kelişuvlar amalga oşirildi. Albatta, bu holat vaqtinçalik ekanini ham unutib qöymaslik kerak. Agar AQŞ oldida saylov jarayonlari turganini inobatga olsak, Xitoyga qarşi keskin bahs va munozaralar qozoni hali ança qiziydiganga öxşaydi.
Uşbu raqobat kelgusida Yevropa negizida davom etişi kutilmoqda. Xitoy uzoq vaqt davomida köplab Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya bilan hamkorlik qiliş yöllarini izlamoqda. Qolaversa, Covid-19’ga qarşi kuraş doirasida Xitoyning Yevropaga bölgan e'tibori yanada kuçaydi.
Virusga qarşi ğalaba e'lon qilinganidan söng Xitoy tibbiy asbob-uskunalar va tajribali mutaxassislar yordamida «Yevropaga yordam beruvçi mamlakat» imijini yaratişga kirişdi. Albatta, buni Xitoyning putur yetgan obro‘ qörğonini ta'mirlaş uçun qilinayotgan harakat sifatida ham baholaş mumkin. Ba'zi Yevropa mamlakatlari, xususan, Serbiya va Italiya YeIning beparvoligini tanqid qilib, Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.
Ayni paytda Xitoy Yaqin Şarqda Eron va Iroqqa ham yordam berişda davom etmoqda. Albatta, bu mintaqalar ham Xitoyning «Avlod-Yöl» loyihasining bir qismidir. Örta Yer dengizi havzasi bilan birgalikda olib qaraganda, Xitoy öz taşqi siyosatiga «soğliqni saqlaş diplomatiyasi»ni ham qöşganga öxşaydi.
Tinç okeani mintaqasi kuraşning yana bir sohasi bölib qolmoqda. Ma'lumki, Xitoy bir munça vaqtdan beri mintaqadagi AQŞ ittifoqçilariga qarşi dengiz patrullarini kuçaytirgan. Agar virus AQŞ harbiy kuçlariga ta'sir etsa, Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi kemalarini harakatga keltirişi mumkin. Albatta, uşbu vaziyatni oqilona baholaş kerak: Çin özini namoyon etişiga imkon topgan va Yevropa bilan hamkorlik qiliş uçun fursat tuğilgan ayni damlarda harbiy harakatlar olib borilişi dargumon.
Taşqi siyosat ikki asosiy masalaga yönaltiriladi
Kelgusi davrda Xitoy özining taşqi siyosatini ikkita asosiy masalaga yönaltirişi mumkin:
Birinçidan, u global nufuzini qayta tiklab, uni yanada mustahkamlab olişga harakat qiladi. Epidemiyaning oldini olmagani va dunyoni öz vaqtida bundan xabardor qilmagani uçun tanqid qilinayotgan Xitoy endi yangi hamkorlik-yordam faoliyati bilan «Dunyoga yordam beruvçi Xitoy» imijini şaklantirişga urinadi.
Ikkinçidan, AQŞ va Ğarbga qarşi qilayotgan raqobatining bir qismi ölaroq, öz tizimini dunyoga tuşuntirişga harakat qiladi. Ğarb institutlarining kamçiliklari va disfunksiyalariga urğu beradi. Şunday qilib, u buyuk kuç raqobatining yetakçisiga aylanganini isbotlaş orqali öz siyosiy ta'sirini çuqurlaştirişda davom etadi.
Covid-19 – buriliş nuqtasi
Covid-19 epidemiyasi Xitoy iqtisodiyoti uçun ham, jahon iqtisodiyoti uçun ham buriliş nuqtasi bölişi aniq. Uzoq vaqt davomida yuqori ösiş sur'atlariga erişgan Xitoy iqtisodiyotida ayni damda biroz pasayiş kuzatilmoqda. Ma'lumki, AQŞ-Xitoy raqobati ham savdo uruşlari körinişida davom etayotgandi. Yanvar oyida ikki tomon kelişuvga erişgan bölsa-da, Xitoy savdo uruşlari jarayonida ham bir qator salbiy ta'sirlarga uçradi – taşqi savdo hajmi qisqarib, iqtisodiy ösiş sur'atlari sekinlaşdi.
Xitoyda virus ustidan ğalaba qozonganini e'lon qilişi ortidan endilikda ikkinçi kuraş davri boşlanadi. Albatta, bu faqat Xitoyning özigagina boğliq jarayon emas. Virusning butun dunyoga asta-sekin tarqalişi öz navbatida önglaniş jarayonlari ham tadrijiy ravişda amalga oşirilişiga olib keladi. Şu sababli, Xitoy hatto töliq quvvat bilan işlab çiqarişni yölga qöygan taqdirda ham global miqyosda talabning keskin tuşib ketgani, aloqalar zanjiri uzilib qolgani sababli u közlagan ösiş sur'atiga yil davomida erişa olmasligi mumkin.
Maqsadlar xavf ostida
Ayni paytda Xitoy sönggi 40 yillikda kuzatilmagan iqtisodiy tanglikni boşdan keçirmoqda. Ta'kidlanişiça, epidemiya mobaynida mamlakatda 8 million kişi işsiz qolgan. Iqtisodiy pasayişlar sabab endilikda Xitoy hukumati öz xalqining talablarini qondira oladimi yoki yöqmi – bu ham bir muammo.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin 2020 yilda iqtisodiyot uçun ikkita muhim maqsadni közlagan edi: 2020 yilda Xitoyda qaşşoqlikni butunlay tugatiş va 2010 yildan 2020 yilgaça Xitoy iqtisodiyotini ikki baravar oşiriş. Hozir ikkala maqsad ham xavf ostida turibdi.
Ma'lumki, Xitoyda epidemiya nazoratga olinişi natijasida hayot asta-sekin normal holatga qaytişni boşladi. Ammo iqtisodiyotdagi «tösatdan töxtaş» sababli yangi rivojlaniş muqadddimasining qançalik tez yozilişi noma'lum bölib turibdi. Albatta, bu noaniqlik Xitoy iqtisodiyoti bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining kelajagiga ham ta'sir qiladi.
Dunyo iqtisodiyotida özaro boğliqlik mavjudligi tufayli virus ortidan kelgan iqtisodiy qiyinçiliklar ham domino ta'sirini yaratişi mumkin. Bunday paytda esa G20 tomonidan qabul qilingan qaror muhim ahamiyatga ega. «Katta yigirmatalik»ning 5 trillion dollarlik qutqariş paketi e'lon qilinişi natijasida AQŞ va Xitoy örtasidagi iqtisodiy nizolar biroz vaqt mobaynida yumşoq bölib qolişi kutilmoqda. Albatta, AQŞning saylov jarayonida ekanligi va Trampning nutqlari kutilmaganda keskin tus olişi mumkinligini ham yodda tutiş lozim. Şu nuqtayi nazaridan, Covid-19 epidesiyasi – ham imkoniyat, ham xavf-xatardir.
Xitoy asosiy aybdor sifatida körilmoqda
Yevropa va AQŞ bilan taqqoslaganda, Ğarbdagi şoşqaloqlik, tartibsizliklardan farqli ölaroq, Xitoy boşqaruvida tartib mavjud. Si Tszinpin epidemiya boşlangan payt töliq safarbarlik e'lon qildi va amalga oşirilgan jadal çoralar tufayli endilikda davlat virusga qarşi kuraşda töliq ğalaba qozoniş arafasida turibdi. Ammo Xitoyning axborot masalasida yetarliça şaffof emasligi va virus bilan boğliq ma'lumotlarni yaşirib kelganini ham hisobga oliş kerak.
Ha, Xitoy garçi epidemiya ustidan ğalaba qozonganini e'lon qilgan bölsa-da, butun dunyoga virus tarqalişida u asosiy javobgar sifatida körilmoqda. Dekabr oyida yangi virus haqida ma'lumot almaşişga uringan ba'zi şifokorlar va jurnalistlarning ta'qibga olingani ham ma'lum. Aslida, öşanda şifokorlardan biri virusdan vafot etgandi, şuning uçun ham keyinçalik uning oilasidan uzr söraldi.
Eng katta xavotir – ijtimoiy birdamlikning buzilganidir
Epidemiya bilan kuraşiş paytida Xitoyda inson huquqlarining buzilişiga olib keladigan amaliyotlar, ayrim soğliqni saqlaş çoralarining yetarli emasligi va aholi farovonligining pasayib ketişi sababli pirovardida ijtimoiy tartibsizliklar vujudga kelişi mumkin.
Ma'lumki, davlat va jamiyat örtasidagi «ijtimoiy birdamlik şartnomasi» Xitoyda köp yillar davomida mavjud bölgan. Bugungi kunda Xitoy içki siyosatidagi eng katta xavotir – bu ijtimoiy birdamlikning buzilganligidir. Uç oy davomida izolyatsiya qilingan Uhandagi ba'zi norozilik körinişlari ijtimoiy tarmoqlarda allaqaçon tarqala boşladi. Şu bois, ehtimoliy ijtimoiy tartibsizliklarga qarşi Xitoyning içkarida qanday qanday yöl tutişi, ayni paytda, taşqi siyosatda qanday qadami olişi diqqat markazida böladi. Öttiz yil oldingi Tiananmen va ötgan yildagi Hongkong voqealaridan söng, Xitoyda yangi va jiddiy ğalayonlar yetilayotgan bölişi mumkin.
Si Tszinpin oldida turgan sinov va imkoniyat
Xitoy siyosatining taşkiliy kuçi, soğliqni saqlaş infratuzilmasi, Xitoy tizimining kelajagi va uni Ğarb bilan taqqoslaş bundan keyin ham kun tartibida böladi. Qaysidir ma'noda, bu inqiroz Mao Tszedun va Den Syaopin kabi «afsonaviy davlat rahbarlari» qatoriga kirgan Si Tszinpin oldida turgan eng katta siyosiy sinov bölib, ayni paytda Xitoy tizimining muvaffaqiyatini dunyoga isbotlaş uçun berilgan qulay imkoniyat hamdir.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi