Ayni paytda mamlakatga import qilinadigan quyidagi tamaki mahsulotlariga (qavsda TIF TN kodi körsatilgan) aksiz soliği solinadi:

sigaralar, uçlari kesilgan sigaralar va tarkibida tamaki bölgan sigarillalar (2402 10 000 0) – 1 donasi $0,42;

tarkibida qalampirmunçoq bölgan sigaretalar (2402 20 100 0) – 1000 donasi $18,2;

tarkibida tamaki bölgan boşqa sigaretalar (2402 20 900 0) – 1000 donasi $45.
 
Norma’ning yozişiça, biroq sönggi paytda aksiz soliği solinmaydigan yangi pozitsiyadagilarini olib kiriş hollari köp kuzatilmoqda. Masalan, ilitiladigan tamaki solinadigan buyumlar va tarkibida nikotin bölgan suyuqlik juda ommalaşdi.
 
Aholini tamaki mahsulotlarini iste'mol qiliş oqibatlaridan himoya qiliş va ular bilan noqonuniy savdo qiliş hollarini bartaraf etiş maqsadida 1 iyundan boşlab «import» aksizning quyidagi stavkalarini joriy etişga qaror qilindi:

çilim uçun tamaki (2403 11 000 0), çekiladigan (2403 19 100 0), çaynaladigan hidlanadigan va söriladigan (2403 99 100 0) – $25/kg;

ilitiladigan tamaki solinadigan buyumlar: ilitiladigan tamaki çöpi, ilitiladigan tamakili kapsula va b. (2403 99 900 9) – $25/kg;

nikotinli tamakisiz snyus (2403 99 900 9) – $10/kg;

kartrijlardagi, rezervuarlardagi va elektron sigaretalarda foydalaniş uçun boşqa konteynerlardagi tarkibida nikotin bölgan suyuqlik (38 24 99 930 0, 38 24 99 960 8) – $0,045/ml.
 
Hukumat tamaki, çilim, elektron sigaretalar, ilitiladigan tamaki solinadigan buyumlar va tarkibida nikotin bölgan mahsulotlar aylanmasini tartibga solişga doir qonun loyihasini uç oy muddat içida Oliy Majlisga kiritişi şart.
 
Hujjat 7.04.2020 yilda e'lon qilingan.