Jamiyat | 11:05 / 18.04.2020
5160
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada nizoli yer maydonini hal qilib berishga va'da bergan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: IIB axborot xizmati

Farg‘ona shahrida M.A. tanishi Q.S.ga Ulug‘vor ko‘chasida joylashgan buvisi N.Z.ga tegishli nizoli yer maydoni yuzasidan Oliy sudda ko‘rilayotgan ishni uni foydasiga hal qilib berishini aytgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu shaxs uni aldab, 2 800 AQSh dollarini firibgarlik bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid