Quyida yapon olimining «Epidemiyaning asosiy qonuniyatlari va unga oid paradoks» nomli maqolasini ba'zi juz'iy qisqartirişlar bilan özbek tilida taqdim etamiz.

Yuqumli kasalliklar haqida gap ketganda, tuşuniş oson bölgan asosiy qonuniyatlar bilan birga, umumiy ma'noda tuşuniş qiyin bölgan paradokslar ham bor. Aftidan, mutaxassislar uçun oddiy bölgan narsalar keng jamoatçilikka yetkazilmaganga öxşaydi. Şuning uçun uşbu maqola mutaxassislar va keng jamoatçilik orasidagi jarni bartaraf qilişga qaratilgan.

I. Epidemiyaga oid asosiy qonuniyatlardan nimalarni tuşunişimiz kerak?

Epidemiyaning asosiy qonuniyatlari ikkita (garçi istisnoli holatlar ham bölsa-da, tuşuniş oson bölişi uçun ularni qoldirib ketsam):

Qonuniyat 1: Qisqa muddatda köp insonlarga yuqadi.

Qonuniyat 2: Infeksiyani yuqtirib, söng tuzalgaç, eng kamida bir munça vaqt qayta kasallanmaydi, boşqa insonlarga ham yuqtirmaydi (immunitet hosil qila oladi).

Asosiy qonuniyatlar şu ikkita, xolos.

Birinçi qonuniyatda, masalan, bemor bir kişi bölsa va u bir haftada örtaça 2,5 nafar odamga yuqtirsa, 10 haftadan keyin bemorlar soni quyidagiça köpayadi:

2,520 = 90 949 470 nafar

Şuning uçun buni haddan ziyod tez tarqaliş deb atay olamiz.

Infeksiyaga qarşi kuraşiş qiyinçiligining asosiy sababi – bu yuqoridagi qonuniyatni yaxşi tuşunmaslik yoki aksinça, uni töğri tuşungan holda haddan ortiq çora-tadbirlarni körişda körinadi.

Quyidagi 1-rasmda bir inson virusni yuqtirgani tasvirlangan. Bunda qora aylana – kasallikni yuqtirgan bemor, oq aylana esa hali uni yuqtirmaganlarni anglatadi.

1-rasm. Infeksiyaning boşlanğiç davri

Bu holatda hali insonlar immunitet hosil qilişmagani uçun kasallik atrofga osonlik bilan tarqaladi. Biroz boşqaça ta'bir bilan aytganda, zombiga teginib ketsang, zombiga aylanib qolgandek, zombilar ketma-ket köpayişi natijasida undan qoçiş qiyinlaşadi.

2-rasmda esa infeksiyaning ma'lum darajada rivojlangan holati körsatilgan:

2-rasm: Infeksiya allaqaçon yoyilgan

Asosiy ikkinçi qonuniyat şu yerda körinadi. Kasallikka çalinib, söng davolangan (yaşil doiralar) odamlar soni köpayganda, yuqtirib olgan odamlarga virusni boşqalarga ham yuqtiriş qiyinlaşadi (bu yerda körsatkiç belgilarda qizil X qöyilganlar yuqtirmaydi). Natijada infeksiyaning tezligi pasayadi.

Heç qanday çoralar körilmagan taqdirda, yuqtirganlar soni keskin köpayib, keyin keskin pasayadi va epidemiya tezda barham topadi. Buning sababi – asosiy ikkinçi qonuniyatning mavjudligidir. Virusdan zararlanib, tuzalgan odamlar soni oşgani sayin, immuniteti bölmagan odamlarga infeksiya yuqişi ehtimoli yanada pasayadi (2-rasmning yuqori çap qismidagi hali virus yuqtirmagan odam misoliga qarang), bu esa infeksiya tarqalişini sekinlaştiradi.

Va bu holat – kollektiv immunitet deya nomlanadi.

Aslida, Buyuk Britaniya avvaliga köplab kişilarning koronavirus yuqtirib olişiga yöl qöyib berib, kollektiv immunitetni şakllantiriş orqali epidemiyaga qarşi kuraş strategiyasini tanlagan edi. Ammo kuçli tanqidlar yoğilişi va tibbiyot bemorlarning bunday tez ösişiga yetişmasligi bardoş bera olmasligi tufayli, rasmiy ravişda bölsa ham hozirça uşbu tanlovdan voz keçildi.

Bilişimça, jamoaviy immunitetni qölga kiritiş orqali yangi koronavirus bilan kuraşişga urinayotgan yagona davlat bu – Şvetsiyadir. Ba'zi davlatlar, şu qatorda Yaponiya ham kollektiv immunitetni yuzaga keltiriş bilan şuğullanişga urinayotganliklariga işora qiluvçi ba'zi alomatlar bor.

Kollektiv immunitetga nafaqat infeksiya orqali, balki samarali va xavfsiz vaksiya orqali ham erişiş mumkin. Vaksiya qaçon tayyor bölişini aniq bilmayman, ammo uning tayyor bölişi uçun bir yildan bir yarim yilgaça vaqt kerakligi aytilmoqda.

Izolyatsiya devorini quriş

Favqulodda holat e'lon qiliş kabi kuçli çoralarni körişni odamlar orasiga devor qöyiş orqali infeksiya tarqalişining oldini olişga öxşatsa böladi. Bu yerdagi devor tom ma'nodagi devor emas, balki odamlar orasidagi masofani saqlaş – şaxsiy izolyatsiyani anglatadi. Buning eng qattiq körinişi – taşqariga çiqişni taqiqlaş bölib, odamlar orasiga devor kötariş bilan barobardir.

3-rasmdagi çiziq mana şu devorni anglatadi. Uşbu devor töğri örnatilgan ekan, infeksiyaning tarqalişi töxtaydi.

3-rasm: Devor kötarib, kasallik yoyilişining oldini oliş

Şunday bölsa-da, iqtisodiyotga yetayotgan ulkan zarar sababli uşbu devor yiqitilsa, haddan ziyod köpayiş yana takrorlanadi.

Buning sababi – köp odamlar immunitetga ega emasligida.

Qat'iy qilib aytganda, agar siz töliq devor örnatib (izolyatsiya çoralari), uni taxminan bir oy davomida uşlab tursangiz, undan keyin infeksiya yöq bölib ketişi kerak. Ammo aslida devor mukammal bölmasligi, bir oila içidagi guruhda infeksiyalaniş röy berişi yoki bölmasa çet eldan kirişning oldini oliş mumkin bölmagan holatlar tufayli haddan ziyod köpayiş qayta boşlanişi mumkin.

Masalan, 3-rasmda bitta devor töliq qilinmagan qism bor (öngdan pastda). Muammo şundaki, pastki öng tomonda bitta devor içidagi ikki kişi orasida infeksiya yuqişi röy beradi.

Karantin bekor qilinganidagi holat 4-rasmda körsatilgan: Devor bölgan paytda örtadagi odam davolangan (yaşil rangga özgargan) va endi undan boşqaga infeksiya yuqmaydi. Lekin pastki öng tomonda, bir oila içida infeksiyalaniş röy berib, bu oila yangi infeksiyaning manbayi bölib qoladi va öyin qaytadan boşlanib, haddan ziyod köpayiş yuz beradi.

4-rasm: Devor yöqolib, haddan ziyod köpayişning takrorlanişi

Buning oldini oliş uçun esa izolyatsiya devorini doimo joyida uşlab turiş kerak böladi. Boşqaça qilib aytganda, odamlar örtasidagi aloqani oldini oliş uçun kuçli karantin çoralarini uzoq vaqt davomida (vaksina yaratilgunga qadar) davom ettiriş kerak.

Yoki, Buyuk Britaniya tajribasida köringanidek (ehtimol Xitoy ham şunday qilayotgan bölişi mumkin), devor olib taşlanganidan keyin infeksiyalaniş köpayib, bemorlarga qaraş tibbiy imkoniyatidan oşib ketilgaç, devorni qayta tiklaş kerak böladi.

Yaponiya hukumati va viloyatlar rahbarlari yangi koronavirusga qarşi kuraş çoralarini tuşunmasliklari mumkinligi ayni mana şu nuqtaga oid:

Çoralar muvaffaqiyatli böldi, deya devorni olib taşlaganingizdan söng, öyin yana boşlanadi.

Hozirda Yaponiyadagi favqulodda holat 6 maygaça belgilangan bölsa-da, lekin agar u 7-may kuni olib taşlansa va odamlar erkin harakatlanişni qayta boşlasa, boşqa mamlakatlar misoliga köra, iyul oyi atrofida infeksiyaning «portlaşi» röy berişi mumkin.

Favqulodda vaziyat amal qilayotgan davrda karantin ostiga olinmagan bemor qolmasa, boşqa gap, lekin buni uddalaş mumkinligiga, oçiği, işoniş qiyin.

 Devor qurişning ma'nosiz holati

Quyidagi 5-rasm yuqoridagi 2-rasm bilan deyarli bir xil, bu yerda ham virus tarqalmoqda va kollektiv immunitet şakllanmoqda, yagona farq esa bu – devor.

Devorning esa heç qanday ahamiyati yöq. Agar zararlangan odam (qora nuqta) köça-köyda yursa va soğlom odamlar (oq nuqta) bilan aloqaga kirişsa, kasallik yuqişi mumkin, ammo şunda ham köp emas.

5-rasm: Devor qurilsa ham, ma'nosiz holat

Köpçilik bunday ahmoqona narsalar bölişi mumkin emas, deb hisoblaydi, lekin bunday öylaş mutlaq töğri emas. Iqtisodiy modellaştiriş simulyatsiyasi orqali Buyuk Britaniyadagi odamlarning yarmidan köpi allaqaçon virusni yuqtirib bölgan, degan xulosa kelingani hozirda katta munozaralarga sabab bölmoqda.

Uşbu qarama-qarşilikning sababi şundaki, kasallik simptomlari körinmaydigan odamlar ançagina deya taxmin qilinsa-da, ularning aniq soni ma'lum emas. Uhandan Yaponiyaga qaytgan odamlar böyiça tadqiqot natijasiga köra, koronavirusni yuqtirganlarning 30 foizida kasallik alomatlari körinmagan.

Diamond Cruise kemasida esa taxminan 18 foiz, Italiyadagi bir şaharda esa 50-75 foiz va Islandiyada 50 foiz bemorlarda alomatlar körinmagan, degan xulosalar mavjud. Bu esa bemorlar soni böyiça qölimizdagi raqamlar haqiqatdan yiroqligini körsatadi.

Şu sababli, yuqtirganlarning haqiqiy soni noma'lum va 5-rasmga yaqin böliş ehtimolini töliq rad etib bölmaydi. Bu holatda turliça nazariyalardan ham köra, bizga dalillar zarur. Va hozirda  butun dunyoda immun tizimi antitanaçalarini tekşirişga nisbatan umidlar tobora ortib bormoqda. Masalan, Finlyandiyada fuqarolarni uşbu sinovdan yaqinda ötkazilişi haqida xabarlar tarqaldi.

 

II. Pandemiyaga oid paradoks nimada?

Endi esa, şu paytgaça qilgan tahlillarimga asoslanib, paradoks holatning borligini oçib bersam.

Paradoks 1: Qoçişdan köra, infeksiyani yuqtiriş yaxşiroq bölişi mumkin

Bizning sezgi instinktimiz bizni har qanday kasallikdan qoçişga undaydi. Ammo yuqumli kasalliklar borasida bunday iş töğri bölmasligi mumkin. Yuqumli kasalliklarning oldini oliş uçun qoçişni davom ettiriş bizni juda ham çarçatadi va biz qançalik köp qoçsak, bizning kollektiv immunitetni hosil qilmasligimiz tufayli zaif holatimiz davom etadi.

Uşbu muammoning oldini oliş uçun kasallikdan oğir ahvolga tuşib qolişi yoki vafot etişi ehtimoli eng kam bölgan (soğlom va baquvvat) odamlarning virus bilan kasallanişiga ruxsat beriş strategiyasi işlab çiqiladi.

Buyuk Britaniyada örtada töxtab qolgan davlat strategiyasi bunga yaqin bölgan. Bunda, tibbiy zaxiralar tugab qoliş ehtimolini yöq deb faraz qilsak, şaxsiy izolyatsiya çoralari faqatgina xavf guruhidagi odamlar (yoşi katta yoki jiddiy surunkali kasali bor insonlar)ga nisbatan joriy etiladi.

Şuningdek, davlat soğlom ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatini davom ettira olişi uçun, yuqtirsa-da ahvoli oğirlaşmaydigan insonlarga kasallikni tezroq yuqtirib, kollektiv immunitetni hosil qildiriş – butun davlat uçun uzoq muddatda foydali bölişi mumkin.

Covid-19`ga kelsak, keksa yoşdagi va surunkali kasalligi bölgan odamlarda jiddiy kasallaniş va ölim darajasi yuqori. Bu – 1918 yildagi ispan grippidan tubdan farq qiladi – yuz yil oldingi pandemiyada köplab yoşlar vafot etgan. Bundan taşqari, aniq ma'lumotlar yöq bölsa-da, ehtimol aynan köplab yoşlar asimptomatik (ya'ni kasallik alomatlari körinmaydi) bölişi mumkin. Agar şunday bölsa, unda yoşlarning kasallanişi va ölim darajasi hozirgi taxmin qilinganidan ham past bölişi mumkin.

Koronavirusdan hatto yoşlar ham ehtiyot bölişlari kerak, degan da'volar bor bölsa-da, menimça, ehtimollik darajasi nuqtayi nazaridan kelib çiqib öylaşimiz kerak. Yoşlar yöl-transport hodisalarida, öz joniga qasd qilişda, gripp va şamollaşda ham ölişadi. Men «Yoşlar ham koronavirusdan vafot etmoqda!» kabi ma'lumotlar bilan yoşlarni qörqitgandan köra, buning haqiqiy ehtimollik darajasidan bahs qilişni istardim.

Masalan, men hozir uydan işlayapman va köçaga kam çiqyapman. Buning sababi, iş joyimdan şunday körsatma bor. Lekin agar men kasallikni yuqtirib olsam, sun'iy nafas oldiriş jihozidan foydalana olmasligim ehtimoli ham bor. Şubhasiz, Yaponiya va Germaniyada ölim darajasi pastligiga koronavirusdan oğir ahvolga tuşgan barça bemorlar uşbu apparat bilan taminlangani asosiy sabab ekanini inkor qilolmayman.

Agar infeksiyalangan va jiddiy kasallikka çalinganlar soni köpayib ketsa, sun'iy nafas oldiriş moslamasidan foydalana olmaydiganlar soni ham ortib, odatda ölmaydiganlar ham öla boşlaydi va natijada qurbonlar soni va ölim darajasi keskin oşadi. Yaponiyada deyarli şovqin qilinmayapti, lekin bu moslamaning yetişmasligi Yevropa va Amerikada katta muammo bölayotgani rost.

Yuqoridagilarni hisobga olib, men kabi örta yoşli erkaklar va hatto keksa odamlar uçun infeksiyadan qoçişning oqilona sababi bor. Ammo agar vaksiya işlab çiqariş yoki keng miqyosli kollektiv immunitet hosil qiliş orqali virusga qarşi himoyaga erişilmasa, hozirgi holatni yaxşilaş amrimahol va infeksiyadan qutuliş qiyin. Şuning uçun ham yangi koronavirus uçun tibbiy zaxiralar imkoniyatlarini tezda oşirişimiz muhim, şundagina biz xotirjamlik bilan yangi virusni yuqtira oliş vaziyatiga öta olamiz.

Paradoks 2: Izolyatsiya çoralari qançalik kuçli bölsa, bu çoralar şunça uzoq davom etadi

Bu – köpçilik öylayotgan fikrning mutlaqo aksi. Odatda, odamlar sabr qilsak, pandemiya tez ötib ketadi, deb öylaşadi, ammo yuqumli kasallikda bunday bölmaydi. Qança köp izolyatsiyada yaxşi sabr qilganingiz sari, sabr qilişni şunça köp uzoq davom ettiriş kerak böladi.

Albatta, insonlarni TÖLIQ izolyatsiya qilib taşlaş – boşqa gap, lekin yangi koronavirus bilan boğliq holatda biz bu vaqtni allaqaçon boy berganmiz.

Kuçli izolyatsiya çoralari odamlarning immunitetini kuçaytirişga tösqinlik qiladi, şuning uçun vaksina işlab çiqilişi va köp odamlar emlab çiqilişini kutişga töğri keladi. Ungaça karantin çoralarini bekor qilib bölmaydi. Bundan taşqari, bu nafaqat mamlakatdagi odamlar örtasidagi aloqa bilan çeklanib qoladi, balki çet eldan kelgan odamlar ham diqqat bilan kuzatilişi talab etiladi. Bu uzoq muddatdagi sezilarli bir yukdir.

Covid-19 bilan kuraşişda «sönggi 1-2 hafta juda muhim» yoki «hozir muhim muddatdir» degan sözlarni köp marta eşitdim, ammo haqiqat şundaki, vaksina paydo bölgunga qadar har kunimiz doimo muhim vaqt bölib qolaveradi.

6-rasm bu holatni qisqaça tasvirlagan. Agar kuçli çoralar uzoq vaqt davom ettirilsa, yuqtirgan odamlarning soni köpaymaydi (6-rasmda uni köriş qiyin, çunki u X öqiga töğri keladi va yaşil çiziq bilan deyarli bir xil), lekin dastlab kuçli çoralar körilgan bölsa ham, orada çoralar biroz böşaştirilsa (binafşarang), böşaştirilgan çoralar boşidanoq amalga oşirilgan holatga nisbatan (qizil) pandemiyaning yuqori çöqqiga kötarilişi vaqti faqat keyinga siljiydi xolos. Natijada böşaştirilgan çoralar boşidanoq amalga oşirilgan holatdan unçalik farq qilmay qoladi.

6-rasm. Çora-tadbirning kuçliligiga köra infeksiyalanişning çöqqisiga çiqişi
Kök – heç qanday çora-tadbir qöllamaslik. Qizil – qat'iy bölmagan çoralar köriş. Yaşil – qat'iy çoralar köriş. Binafşarang – avvaliga qat'iy çora körib, keyin çoralarni yumşatiş.

Dunyo böylab dala şifoxonalariga öxşaş karantin hududlari qurilmoqda, lekin ularning katta qismi töliq yozgi-qişki konditsionerlar bilan taminlanişini kutiş qiyin. Agar odamlarning sabr-toqati tugab, infeksiyaning eng yuqori çöqqisi jazirama yozning qoq örtasi yoki qişning çillasi kabi eng noqulay vaqtga töğri kelsa, bu biz uçun oğriqli böladi.

Qat'iy çoralar saqlanib qoladigan muddat (grafikda yaşil) içida kasallikni davolaydigan dori yoki vaksina ixtiro qilinsa, ajoyib bölardi, lekin bu xuddi qimorga öxşaydi va bunday vaksinalar kaşf etilişida qatnaşmaydigan fuqaro sifatida mening yaxşilikka umid qilişdan boşqa ilojim yöq.

Maqola söngida

Uşbu kiçik maqolam mutaxassislar va oddiy odamlarning pandemiya haqidagi öy-fikrlarini töldiradi, deb umid qilaman. Aslida, men mutaxassislar butun manzarani keng omma nuqtayi nazaridan tuşunarli qilib izohlab berişlarini istardim.

Sekizava Yoiçi,
Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat tadqiqot instituti (RIETI) katta ilmiy xodimi.
Yapon tilidan Alişer Umirdinov tarjimasi.