Jamiyat | 13:30 / 20.04.2020
7773
3 daqiqa o‘qiladi

PepsiCo kompaniyasining O‘zbekistondagi bottleri «International Beverages Tashkent» MChJ QK umumiy 2,5 milliard so‘mlik xayriya qildi

Foto: PepsiCo

Hozirgi kunda biz har kuni mamlakatimizda va chet elda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning yangi holatlari to‘g‘risida ma'lumot olmoqdamiz. Dunyo bo‘ylab barcha olimlar ushbu kasallikka qarshi kurash yo‘lini izlashda davom etmoqdalar.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligidagi hukumatimiz yangi holatlarning oldini olish va bu kasallik bilan, afsuski, yuzma-yuz kelganlarga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. O‘zbekistonlik tadbirkorlar ham bemor va og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatishda davlatning tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Bugungi kunda PepsiCo kompaniyasining O‘zbekistondagi yagona bottleri «International Beverages Tashkent» MChJ QK (shirin salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchisi) xayriya loyihasi doirasida Belgiyada ishlab chiqarilgan jami 1,6 milliard so‘mlik «Caelus Lite» ekspert toifasidagi narkoz-nafas olish apparatlarini xarid qilib, ularni COVID-19 tashxisi qo‘yilgan og‘ir kasal bemorlarni davolash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga bepul taqdim etdi. Bundan tashqari, qo‘shimcha asbob-uskunalar sotib olish rejalashtirilmoqda, ularning umumiy miqdori 2 milliard so‘mni tashkil etadi. Qolgan mablag‘lar kam ta'minlangan oilalarga va boshqa xayriya loyihalariga yordam berish uchun yo‘naltiriladi. Shunday qilib, xayriyaning umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mni tashkil etdi.

«International Beverages Tashkent» MChJ QK direktori Salijanov M.Yu.:

«Biz dunyodagi vaziyatni sinchkovlik bilan tahlil qildik va mamlakatimizda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pandemiyaning oqibatlarini oldindan taxmin qilishga harakat qildik. Birinchi navbatda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari bilan bog‘landik va ular bilan maslahatlashgan holda ushbu apparatlarni sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Umid qilamizki, narkoz-nafas olish apparatlari koronavirusga chalingan ahvoli og‘ir bemorlar tezroq sog‘ayishida ko‘maklashadi va shifokorlarimiz ishida samarali xizmat qiladi!»

«Medec Caelus» narkoz-nafas olish apparatlari «MEDEC» kompaniyasining anesteziologiya ish stansiyalari sohasidagi 40 yillik tajribasi natijasidir. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi – anesteziologiya bo‘lib, ayni paytda to‘la to‘kis o‘pkaning sun'iy shamollatish vazifasini ham bajaradi.

«International Beverages Tashkent» MChJ QK

Mavzuga oid