Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi bergan ma'lumotga köra, endilikda doimiy va vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş fuqaroning xohişiga köra içki işlar organlari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi hamda uning muddati 3 kundan 1 kunga qisqartiriladi.

Doimiy röyxatni rasmiylaştirişda pasport, uy daftari yoki xonadon kartoçkasiga ştamp bosiş amaliyotidan voz keçiş va mazkur jarayonlarni raqamlaştiriş közda tutilmoqda.

Doimiy röyxatga olişni rasmiylaştirişda avvalgi yaşaş joyidan mustaqil röyxatdan çiqiş tartibi hamda harbiy xizmatga majburlarning doimiy röyxatga turişdan oldin va keyin harbiy hisob uçun mudofaa bölimlariga boriş tartibi bekor qilinib, uşbu jarayonlar idoralararo elektron dastur orqali amalga oşiriladi.

Yangi tuğilgan çaqaloqlar FHDYo organining özida tuğiliş haqidagi guvohnoma beriş jarayonida otasi yoki onasining yaşaş manzili böyiça doimiy propiska qiliş tartibi joriy qilinmoqda.