22 aprel kuni Özbekiston prezidenti qarori bilan Jamol Şuhratoviç Nosirov Madaniyat vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi.

Jamol Nosirov 1985 yilda Buxoro şahrida tavallud topgan. 2005 yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya öqituvçisi, psixolog mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 2008 yili esa universitetning magistraturasini tugatgan. Bir muddat «Kamolot» YoIH Buxoro viloyat Kengaşi raisi lavozimida ham mehnat qilgan. Şundan söng 27-Jilvon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga deputat etib saylangan edi.

Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi a'zosi bölgan. 

U 2017 yildan buyon Buxoro viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.