Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2020 yil 23 aprel kuni bölib ötgan majlisida “Oilaviy tadbirkorlik töğrisida”gi Qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda moddama-modda muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, mazkur qonun loyihasi oila institutini mustahkamlaş konsepsiyasini amalga oşiriş hamda oilaviy biznesni kelajakda rivojlantiriş yöli bilan oilalarning farovonligi hamda turmuş darajasini yuksaltiriş maqsadida işlab çiqilgan.

Aholining daromad topişga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan şuğullanişiga, oilaviy tadbirkorlik rivojlanişiga har tomonlama kömaklaşiş, mazkur yönalişdagi işlarni takomillaştiriş va tizimli taşkil etiş uşbu loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Qonun loyihasi bilan kiritilayotgan özgartiş va qöşimçalar bilan yuridik şaxs taşkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik sub'yektlariga 3 nafargaça doimiy işçilarni yollaş imkoniyati berilmoqda. Şuningdek, noturar joy bino-inşootlaridan foydalanilganda kommunal tölovlar uçun tölov aholi uçun belgilangan tariflar böyiça va şartlar asosida amalga oşirilişi belgilanmoqda.

Deputatlarning fikriga qöra, mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi aholi bandligini ta'minlaş, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda aholi turmuş darajasini yanada yaxşilaşda muhim huquqiy asos böladi.