Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OPeK ikkinchi yarim yillikda bir barrel neft narxi 40 dollargacha ko‘tarilishini taxmin qilmoqda
Aprel o‘rtalarida OPeK+ mamlakatlari 1 maydan neft qazib olishni kamaytirishga kelishib olgandi.
OPeK 2020 yilning ikkkinchi yarim yilligida neftning bir barreli narxi 40 dollar atrofida baholanadi deb hisoblamoqda. Bu haqda Jazoir energetika vaziri Muhammad Aqrab ma'lum qildi. U 2020 yil dekabrga qadar OPeK konferensiyasi prezidenti hisoblanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi kunlarda "bozorlar ijobiy signal berishni boshladi". Taxminga ko‘ra, may-iyunda neftning jahon narxi 35 dollargacha ko‘tariladi.
Aqrab OPeK+ qarori hamda Yevropa va Xitoyda ko‘rilgan choralar narxning ko‘tarilishiga xizmat qilishini ta'kidladi.
Aprel o‘rtalarida OPeK+ mamlakatlari 1 maydan neft qazib olishni kamaytirishga kelishib olgandi.
20 aprelda jahon birjalarida neft narxining pastlab ketishi xomashyo bozorini ostin-ustun qilib yubordi. Shu kuni Karib dengizi havzasi hamda Shimoliy Amerikada qazib olinadigan WTI navidagi neftning 1 barreli mutlaqo kutilmagan holda -40 dollargacha tushib ketdi.
22 aprelga kelib narxlar biroz «o‘ziga keldi». WTI navli neftning bir barreli 11,47 dollarga ko‘tarildi, Brent navli neftning 1 barreli 16 dollarga arzonlashdi.
Mavzuga oid
19:38 / 28.04.2026
BAA Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK va OPeK+) a’zoligidan chiqadi
16:02 / 02.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xavfi fonida OPeK+ neft hajmini oshiradi
12:37 / 27.10.2024
Neft – dunyo qirollari uchun endi toj emasmi?
08:40 / 06.05.2024