Pompeodan Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inning salomatligi haqida nima bilişini söraşdi: «Uni körganim yöq, şu uçun nimadir deya olmayman. Biz nafaqat janob Kimning atrofidagi voqealarni, balki butun mamlakatdagi holatni kuzatyapmiz», degan Pompeo.

Şimoliy Koreya koronavirus paydo bölgan Xitoy bilan yaqin aloqada bölsa-da, mamlakatda virus rasman aniqlanmagan. Maykl Pompeo esa pandemiya bu mamlakatga ham zarar yetkazişi mumkinligini ma'lum qildi: «Kasallik ularda ham tarqalişi xavfi yöq emas. Şimoliy Koreyada oziq-ovqat yetişmovçiligi, buning ortidan oçlik kelib çiqişi mumkin. Bu bizning maqsadimiz bölgan mamlakatni yadrodan holi hududga aylantiriş rejasiga xalaqit berişi mumkinligi sabab vaziyatni diqqat bilan kuzatyapmiz», degan AQŞ davlat kotibi.

CNN öz manbalariga tayanib AQŞ razvedkasi Kim Çen Inning salomatligi bilan boğliq vaziyatni jiddiy örganayotganini ma'lum qilgandi. AQŞ prezidenti Donald Tramp bu borada fikr bildirar ekan undagi ma'lumotlarga köra, Kim Çen Inning salomatligi yomon holatda ekani notöğriligini aytgandi.

Ma'lumot uçun, Şimoliy Koreya rasman koronavirus qayd etilmagan kam sonli davlatlardan biri bölib turibdi. Mamlakat rahbari va Mehnat partiyasi yetakçisi Kim Çen In 12 apreldan buyon köriniş bermagani sabab uning salomatligi haqida turli xabarlar paydo bölgandi.