Yöqolgan rahbar. Kim Çen Inning ölimi haqidagi ovozalar qayerdan çiqmoqda?
|06:20 / 28.04.202063 44517 min
OAVda Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inni yana bir marta «dafn etişdi»: turli naşrlar va gazetalar ma'lumotlariga köra, u tirik bölsa-da, muvaffaqiyatsiz jarrohlik amaliyotidan keyin oğir ahvolda – komada yoki ösal bölgan. Jurnalistlar unga örinbosar ham tayyorlab qöyişgan – tuğişgan singlisi uning munosib davomçisi sifatida aytildi. Bunday xabarlar tarqalişiga sabab – u hatto milliy bayramni ötkazib yubordi – mahalliy matbuot ham bu haqda sukut saqladi: davlat naşrlari uning soğligi yomonlaşgani haqidagi xabarlarni rad etişga şoşilmadi.
Jahon naşrlarida Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inning ehtimoliy ölimi töğrisida ikki kun davom etgan şov-şuvlar duşanba tongida biroz tinçidi. «Bizning hukumat pozitsiyasi tasdiqlandi. Kim Çen In tirik va soğ. U 13 apreldan buyon Vonsanda. Hozirça heç qanday şubhali harakatlar qayd etilmadi», dedi Janubiy Koreya prezidentining maslahatçisi Mun Çjon In.
Voqealar rivoji
Sönggi haftalarda Şimoliy Koreya yetakçisi ölgani yoki komada yotgani töğrisida juda köp xabarlar tarqaldi. Hozirça ularning birortasi rasmiy emas: yangiliklar jurnalistikasi standartlariga köra, «anonim, ammo vaziyat haqida yaxşi xabardor manba»ga tayangan har qanday yangilik yana nimagadir asoslangan bölişi kerak. Taniqli ekspert yoki amaldor öz şaxsi sir tutilişini söragan vaziyatlar böladi, ammo ba'zida tekst mualliflari öz xayolotidagi manbaga asoslanib xabar tarqatişi ham mumkin.
Bu davlatdan tarqaladigan yangiliklarga işonç kam. Lekin miş-mişlar ham turliça böladi, KXDR bilan boğliq masalalarda esa ikki jihatni yodda tutiş lozim. Birinçidan, mamlakat yopiqligi uni hayplar manbayiga aylantirgan, şuning uçun Şimol haqidagi har qanday yangilik yaxşi tarqaladi. Ikkinçidan, Pxenyanga qarşi taşviqot — sira ham illyuziya emas, bunda aqlga siğmas miş-mişlar juda muhim rol öynaydi.
Yangiliklar bozoriga KXDR haqida qörqinçli xabarlarni yetkazib beriş bilan şuğullanadigan bir neça manbalar bor. Şulardan biri — Şimol haqida yozişga ixtisoslaşgan Daily NK portalidir. «Kim koma holatida ekani haqida»gi aprel tölqini aynan şu naşrdagi yangilikdan boşlandi. Daily NK naşrini Janubiy Koreyadagi internet-agentlik deb ataydiganlar ham bor. Ammo aslida uşbu taşkilot Şimoliy Koreya va Xitoyning janubiy çegaralarida öz xabarçilari tarmoğiga ega bölgan konservatorlar va protestantlar taşkiloti hisoblanadi.
Albatta, ularning şaxsi oşkor etilmaydi, aks holda ularni oilasi bilan birga öldirişadi. Dunyo navbatdagi qörqinçli ma'lumotni navbatdagi anonim manbadan olişga majbur böladi.
Yana bir oddiy savol: bu yoki boşqa OAV şunday ma'lumotlarga qanday qilib ega bölişi mumkin? Masalan, «KXDRdagi vorislik» masalasi juda tor doiralarga ma'lum. Ammo yapon gazetasi jurnalistlari tösatdan Şimoliy Koreyadagi kadr özgarişlari haqida xabardor bölib çiqdi - Yomiuri gazetasi uşbu davlat 2019 yildan buyon hokimiyat özgarişiga tayyorlanayotgani, Kim Çen In örnini uning singlisi Kim Yo Çjon egallaşi haqida yozdi. Lekin katta ehtimol bilan ular ayrim ma'lum faktlar asosida öz nazariyalarini yaratişgan va uni sirli manba bilan mustahkamlaşgan.
Bu vaqtda anonim bölmagan manbalar Kim vafot etgani yoki komaga tuşgani haqidagi xabarlarni rad etişdi, yoki ayrimlar, xususan, Amerika razvedkasi bu masala örganilayotganini ma'lum qildi. CNN agentligining şimolliklar yetakçisi uçun «ölim xavfi» yuzaga kelgani haqidagi xabarida bu haqda xabar bergan bitta anonim manba ma'lumotiga şubha bilan qaragan bir anonim va ikki ekspert fikrlari ham keltirilgan.
Mavzuga oid
Foto: Reuters
Ikki haftalik jimlik
Miş-mişlar urçişiga davlat rahbari odatini tark qilib, 15 aprel kuni öz bobosi, KXDR asosçisi Kim Ir Senning tuğilgan kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirlarda köriniş bermagani sabab böldi. Töğri, bu safar pandemiya tufayli uşbu marosim katta tantanalarsiz ötkazildi.
An'anaga köra, bu kunda mamlakatda odatda yangi raketalar sinovi ötkaziladi, ammo öşa kuni Şimoliy Koreyadagi davlat naşrlari davlat rahbarining sinov maydonida tuşgan birorta suratini tarqatmadi.
Umuman olganda, Kim Çen In 11 apreldan buyon ommaga köriniş bermagan.
Darvoqe, şu vaqtda Xitoydan şifokorlar guruhi Pxenyanga uçgani haqida xabar tarqaldi, bu ham norasmiy kanallar orqali. Bu şifokorlar koronavirusga qarşi kuraş doirasida kelgani taxmin qilingan bölsa ham, bu Kim kasal bölib qolganini inkor etolmasdi.
Natijada jahondagi naşrlar Kim Çen Inni yana bir marta «dafn qilişdi».
Yoş yölboşçida avval ham soğliq bilan boğliq muammolar kuzatilgandi. Unga bağişlangan «Buyuk izdoş» kitobi muallifi Anna Fifeldning yozişiça, Kim Çen Inning böyi 170 santimetrdan balandroq, lekin vazni 140 kilogrammdan oşiq.
12 aprel kuni OAVda Kim Çen In mamlakat ğarbidagi harbiy qismga borgani aytilgandi
EPA
KXDR rahbari böliş — bu doimiy stress va holdan toyişdir, çunki yölboşçi barça strategik qarorlarni qabul qiladi va mamlakat böylab juda köp safarlarga çiqadi. Kim köp çekadi, ortiqça vaznga ega, podagradan aziyat çekadi, qandli diabet bilan oğriydi. Bu esa yurak-qon tomir tizimida kasallik keltirib çiqarişi tabiiy. Şu tufayli Kim navbatdagi safarlaridan birida özini yomon his qilgani va şifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlarda asos bölişi mumkin.
2014 yilda u bir yarim oy davomida ğoyib bölib qolgandi, keyin u oyoğini qayirib olgani ma'lum bölgandi. Öşanda ham u vafot etgani töğrisida xabarlar tarqalgan.
21 aprel kunidan turli naşrlarda KXDRdagi vaziyat böyiça turli talqinlar berilişi boşlandi. Ayrimlar 36 yoşli Kim Çe Inning yuragi operatsiya qilinganini aytsa, boşqalar Kim qandli diabet va ortiqça vazn tufayli muammoga duç kelgani haqida aytişdi. Amerika razvedka xizmatlari dunyodagi eng yopiq davlatlardan birining rahbarining soğligi ular uçun ham qiziqligi, razvedkaçilar Kimning ahvoli haqida qandaydir ma'lumot oliş uçun izlanişayotganini ma'lum qilişdi.
Kim Çen In ğoyib bölgani haqida ilk marta yozgan Daily NK naşri xabarida yoş rahnamoning yuragida jiddiy jarrohlik amaliyoti ötkazilgani va operatsiyadan keyin u komaga tuşgani, şifokorlar uning hayoti uçun kuraşayotgani haqida aytildi.
Kimning yöqligi böyiça asosiy savollar u mamlakatdagi asosiy bayramlardan biri - 15 aprel kuni nişonlanadigan Quyoş kunida, mamlakat asosçisi Kim Ir Senga bağişlangan kunda iştirok etmagani tufayli paydo böldi. Bu kunda amaldagi davlat rahbari otasi va bobosi kabi frenç kiygan holda omma köz öngida paydo bölardi.
Şimoliy Koreya asosçisi Kim Ir Sen tuğilganining 108 yilligi marosimi
Foto: KCNA / Reuters
«Kim Çen In 15 aprel kuni Kamsusan saroyiga kelmadi, Şimoliy Koreyada bu haqorat ölaroq qabul qilinadi», - deydi New York Times naşriga Janubiy Koreyadagi Seyjong instituti eksperti Çen Sen-çang.
Bundan biroz avvalroq Şimoliy Koreya bir neça raketa uçirgan, ular AQŞ va NATO kuzatuv vositalari orqali qayd etilgandi. Ammo Kim Çen In bu sinovlarni şaxsan kuzatgani tasvirlangan suratlar tarqatilmadi. Odatda rasmiy agentliklar sinovlardan keyingi kunlarda bunday suratlarni e'lon qilişardi.
Ötgan hafta boşida prezident Donald Tramp ma'muriyatda şimoliy koreyaliklar rahbari soğligi haqida heç qanday ma'lumot yöqligini bildirdi.
«Men u bilan barçasi joyida ekaniga umid qilaman. Men Kim Çen In bilan juda yaxşi munosabatdaman. Men uning ahvoli yaxşi ekaniga işonişni istayman. Biz u haqdagi xabarlar qançalik töğriligini bilmaymiz. Heç kim buni tasdiqlamadi. CNN bu kabi xabarlar bilan çiqsa, men ularga unçalik işonmayman», dedi Oq uy rahbari jurnalistlarning savollariga javoban.
25 aprel kuni keçasi Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmoğida Hongkongning HKSTV televideniyesi direktori örinbosari nomidan Kim Çen In vafot etgani haqidagi xabar paydo böldi.
Yaponiyadagi «Syukan Genday» haftanomasi esa Şimoliy Koreya rahbari yaqinda yuragini operatsiya qildirgani va ayni vaqtda reabilitatsiya kursini ötayotgani haqida yozdi.
Maqola muallifi sözlariga köra, KXDR rahbarining mamlakat böylab navbatdagi safarida u tösatdan yuragini hovuçlab qolib, yiqilgan. Keyin tibbiy yordam körsatiş uçun uni yaqin oradagi kasalxonaga olib borişgan. Köp ötmay uni operatsiya uçun Pxenyanga olib kelişgan. Şu bilan birga, Pekinga malakali şifokorlar guruhini yuboriş sörovi jönatilgan. Şundan söng, Xitoy hukumati Pxenyanga Kommunistik partiyaning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri hamrohligida şifokorlar guruhini yuborgan.
Şimoliy Koreyadagi naşrlar jahondagi naşrlarda tarqalgan şov-şuvli xabarlarni inkor etişdi. Ular davlat rahbari nomidan iqtisodiy ahvol va boşqa muammolar töğrisida bayonotlar e'lon qilişda davom etişdi, lekin bu bayonotlar odatdagidan keçikib berildi.
Hongkongdagi va Janubiy Koreyadagi naşrlar Kim Çen In yuragida ötkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin «vegetativ holat»ga tuşib qolganini yozişdi. Bu ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagan, xuddi u hozirda Vonsan şahridagi hukumat qarorgohlaridan birida bölib turgani töğrisidagi ma'lumot kabi.
Amaliyotsiz nazariya
Tabiiyki, bunday vaziyatda Kim Çen Inning vorisi kim bölişi haqida turli taxminlar paydo böladi. Seuldagi Asan siyosiy tadqiqotlar instituti eksperti Ko Myon Xyunning Foreign Policy naşriga ma'lum qilişiça, yozilmagan qonunlarga köra, mamlakatni faqat Kimlar sulolasi vakili boşqarişi mumkin.
Kim Yo Çjon Kim Çen Inga harbiylardan xoli hudud taşkil etiş haqidagi hujjatni imzolaş jarayonida yordam bermoqda
Foto: Reuters
Unga ehtimoliy vorislar qatorida birinçi bölib singlisi Kim Yo Çjon nomi keladi. U akasidan uç yoki tört yoş kiçik deb hisoblanadi va ayni vaqtda Koreya Mehnat partiyasi Siyosiy byurosidagi eng yoş nomzoddir. U partiya markaziy qömitasi direktori örinbosari va mamlakatdagi ikkinçi şaxs hisoblanadi.
Öz vaqtida Şveytsariyada akasi bilan birga öqigan singil hozirda mamlakat böylab safarlarda ham akasiga hamrohlik qiladi. U bilan muloqot qilgan ekspertlar va diplomatlarga köra, u özi haqida aqlli, jangovar va qat'iyatli ayol sifatida taassurot qoldirgan. U taşqi dunyodagi taşviqot masalalari uçun mas'ul hisoblanadi, 2020 yildan jahon naşrlarida u rasmiy bayonotlari bilan çiqa boşladi. Unutmaslik kerakki, aynan u 2018 yilda Janubiy Koreyada ötkazilgan Qişki Olimpiya öyinlari çoğida Şimoliy Koreya delegatsiyasiga boşçilik qilgan va prezident Mun Je In bilan uçraşgan. Aynan öşa safardan ikki Koreya munosabatlarida «olimpiya iliqligi» boşlangan. Keyinroq u 2018 va 2019 yillarda KXDR-AQŞ sammitlarida akasiga hamrohlik qildi.
Albatta, u hozirça rasmiy voris emas, unda maxsus titullar ham yöq. Aynan şu tufayli yapon naşrlarining uni akasiga örinbosar sifatida tayyorlaşayotgani töğrisidagi xabarlari şubhali. Ha, u karerasida yuqorilamoqda, ammo uning vazifasi millat yetakçisining örnini bosiş emas, unga kömakçi bölişdir.
Kim Çen Inning yana bir akasi Çon Çxol bor. U 1981 yilda tuğilgani va 2009 yilgaça otasining vorisi sifatida körilgani aytiladi. U ham oilaning boşqa farzandlari qatori Şveytsariyada öqigan, Kim Çen In harbiy sohani tanlagan bölsa, Çon Çxol partiya tizimida faoliyat olib borgan va 2007 yilda partiya markaziy qömitasida taşkiliy bölim rahbari lavozimiga tayinlangan. Ammo 2009 yilda öz ukasi foydasiga pozitsiyasini böşatib bergan. 2011 yilda Kim Çen Ir vafot etib, kenja öğil davlatning yangi rahbariga aylangaç, örtança öğil «radarlardan yöqolgan». U siyosiy kontekstda sönggi marta Xitoy sariq matbuotida 2013 yilda eslangan — öşa xabarda davlatga xiyonatda ayblangan yuqori martabali amaldorlardan biri, Kim Çen Inning amakisi Çan Son Txekni aynan boşqa bir jiyani Çon Çxol hibsga olgani (göyoki boşqalar buni qilişga jazm etmagan) aytilgandi.
Sulolalar an'anasiga köra akalar ukalariga böysunişi kamdan kam kuzatiladi. Ammo turli xabarlarda Çon Çxol musiqani tanlagani, özi ham gitarani professional darajada çalişi, u bir marta Erik Kleptonning konsertini tomoşa qiliş uçun maxfiy ravişda Londonga borgani aytiladi. Bu haqdagi ma'lumotlar KXDRning Angliyadagi sobiq elçisi, keyinroq janubga qoçib ötgan Txe Yon Xoning memuarlarida ham aks etgan. Ammo bu örinda Başar Asadni eslaş mumkin: mamlakat rahbarligiga tayyorlangan akasining ölimidan söng bölajak şifokor-oftalmolog bölgan kiçik öğil kasbini özgartirgandi. Şu tufayli Çon Çxolni ham davlat rahbarligiga nomzod sifatida qaraş mumkin.
Kimlar sulolasidan Kim Pxyon Ir ham bor. U Kim Çen Irning ukasi, ammo Kim Ir Senning ikkinçi rafiqasidan tuğilgan. U köp vaqtini (1979-2019 yillar) Şarqiy Yevropa davlatlarida elçi sifatida ötkazgan, ammo yaqinda vataniga qaytgan.
Şimoliy Koreya ayol-yetakçiga tayyormi? Rossiyalik taniqli koreysşunos Konstantin Asmolov «Lenta.ru» naşri uçun yozgan maqolasida fikr bildirişiça, ha: inqilobdan keyingi zamonaviy KXDR tarixida nafaqat uç yetakçi nomi, balki Kim Ir Senning birinçi rafiqasi, Kim Çen Irning onasi Kim Çen Suk nomi ham keltiriladi. Garçi u yuqori lavozimlarni egallamagan bölsada, uni Kim Ir Senning partizanlik harakatidagi yöldoşi sifatida bilişadi va u Koreya onasi sifatida gavdalanadi.
Tahlilçilar ham Şimoliy Koreya — şovinistik mamlakat ekanini nazarda tutgan holda hali ayol rahbarga tayyor emasligi, şu tufayli Kim Yo Çjon hukumatni öz qölida tutib turişi qiyin bölişini aytişgan. Şu bilan birga, munosib erkak rahbar topilmagunça ötiş davridagi barça qarorlarni aynan u qabul qilişi mumkin.
Prognozlar
Şimoldagi avvalgi hokimiyat almaşişlari vaqtida KXDR endi tamom bölişi va köpi bilan 2-3 yilda mustabid tuzum qulaşi, Janub Şimolni xaritadan öçirişini taxmin qilişardi. Kim Çen Irni boşida öyinçoq prezident deb hisoblaşgan, ammo u davlatni 1994 yildan 2011 yilgaça boşqardi va mamlakatni vayronadan olib çiqib, raketa-yadroviy dasturga asos soldi.
Kim Çen Inni ham juda yoş deb hisoblaşgan va eski börilar uni ezib taşlaşlariga işonç bildirişgandi. Ammo Kim Çen Ir vafot etganidan bir yil ötib uning tobutini kötargan sakkiz kişidan faqat bir kişi - uning kiçik öğli hokimiyat tepasida qoldi. Uning boşqaruvi davrida mamlakat «oşkoraliksiz islohotlar» kursini tanladi, Pxenyanga yangiça qiyofa berildi, mamlakat — raketa-yadroviy qalqonga aylantirildi.
Foto: Danish Siddiqui / Reuters
Ikkinçidan, KXDRning yangi rahbarlari öz ötmişdoşini tantanali lavozimda qoldirib, tizimni qayta formatlagan. Natijada KXDRda «abadiy prezident» va Koreya Mehnat partiyasining «abadiy boş kotibi» lavozimlari mavjud. Keyingi rahbar ham şunday yöl tutişi ehtimoli yuqori.
Taşqi siyosatda yoki iqtisodiyotda keskin özgarişlar kutişga örin yöq. Şimoliy koreyaliklarning yönalişi taşqi faktorlarga boğliq, geosiyosatda radikal özgarişlar bölmasa mamlakat içida biror narsa özgarişi dargumon. Şu bilan birga, Janubiy Koreya Konstitutsiyasi butun yarimorol uçun işlab çiqilgani, Koreya Respublikasi milliy xavfsizligi töğrisidagi qonunda KXDR davlatga qarşi taşkilot sifatida tasniflanganini unutmaslik kerak. Sodda qilib aytganda, Seul Pxenyanga Kiyev xuddi Donetsk yoki Luganskka qanday qarasa, şunday qaraydi.
Ammo KXDR böyiça uzoq muddatli taxminlar qiliş befoyda. 5-10 yillar oldin keng tarqalgan şu kabi prognozlarga köra, 2020 yilga kelib Koreya birlaşgan bölişi kerak edi. Qolaversa, hali aksi tasdiqlanmagunça Kim Çen In tirik va davlatni boşqara oladi, deb hisoblanadi.