AQSh kongressi koronavirusga testdan o‘tishdan bosh tortdi
AQSh kongressi prezident ma'muriyatining kongressmenlar Vashingtonga qaytishi oldidan Kapitoliy tepaligida ularni koronavirusga tekshiruvchi mobil kompleksni o‘rnatish taklifini rad etdi.
Bunday rad javobini senatda respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell va vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bergan.
Ular Tramp ma'muriyatiga koronavirusga tezkor tekshirish o‘tkazish bo‘yicha “oliyhimmat taklif” uchun minnatdorlik bildirib, uni rad etishgan.
“Biz bu taklifni “hurmat” ila rad etamiz”, deb aytgan siyosatchilar.
Pelosi va Makkonnell buni koronavirusga tekshiruvchi majmualarni epidemiologik vaziyat yomon bo‘lgan joylarda o‘rnatish foydaliroq bo‘lishi bilan tushuntirishgan.
"Kongress testdan o‘tishning joriy qoidalarini qo‘llaydi”, deb qo‘shimcha qilgan siyosatchilar.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 1 mln 160 mingdan, undan vafot etganlar 67 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirusga 6,8 mlndan ko‘proq test o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024