AQŞning Nevada ştati ğarbida, Kaliforniya bilan çegaraga yaqin hududda yirik tabiiy yonğin tarqalmoqda.
Rino şahri meri Hillari Şivning CNN telekanaliga maʼlum qilişiça, tez tarqalayotgan yonğin sabab 40 mingdan ortiq kişi öz uylarini tark etişga majbur bölgan.
Yana 45 ming nafar aholiga ehtimoliy evakuatsiyaga tayyor turiş böyiça körsatma berilgan.
Yonğin 6 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi
Hawk nomi berilgan yonğin 22-avgust kuni boşlangan. Oradan bir sutka ötib, olov qamrab olgan maydon 6 ming gektardan oşgan.
Yonğin Rino şahridan taxminan 8 kilometr masofada tarqalmoqda.
Kaliforniya çegarasi yaqinida joylaşgan Rino şahrida 280 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. U Las-Vegas aglomeratsiyasidan taşqaridagi Nevadaning eng yirik şahri hisoblanadi.
Olti kişi jabrlandi
OAV maʼlumotlariga köra, yonğin oqibatida kamida olti kişi jabrlangan. Ular orasida uç nafar öt öçiruvçi ham bor.
Şuningdek, bir neçta turar joy binosi yonib ketgani xabar qilinmoqda.
Nevada gubernatori Jo Lombardo Rino maʼmuriy markazi hisoblangan Uoşo okrugida favqulodda holat eʼlon qildi.
Uning taʼkidlaşiça, olov tez surʼatlarda tarqalmoqda va turar joylarga ham xavf solyapti.
Vaziyat sabab Uoşo okrugidagi maktablarda 24-avgust kuni darslar bekor qilingan.
Yonğinga inson omili sabab bölgani aytilmoqda
Favqulodda xizmatlar dastlabki maʼlumotlarga tayanib, yonğin kelib çiqişiga inson faoliyati sabab bölganini bildirgan. Biroq hozirça bu böyiça qöşimça tafsilotlar oçiqlanmagan.
Yonğin sabablarini aniqlaş böyiça suriştiruv davom etmoqda.
Öt öçiriş xizmati maʼlumotiga köra, hududdagi issiq va quruq ob-havo hamda kuçli şamol olovning tez tarqalişiga şaroit yaratmoqda. Asosan quruq ötlar va butalar yonmoqda.













