Özbekistonda qabul qilinayotgan keyingi qonun hujjatlari investitsiya kiritiş şartlarini yomonlaştirayotgan bölsa, investorlarga nisbatan 10 yil mobaynida investitsiya qiliş sanasida amalda bölgan qonun hujjatlari qöllaniladi. Qonun hujjatlariga kiritilgan özgartirişlar davlatning milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya qiliş bilan bevosita boğliq bölsa, uşbu qoida qöllanilmaydi.
Norma’ning yozişiça, uşbu vaziyatga tuşgan çet ellik investor quyidagi tegişli vakolatli organlarga kafolatlarni qöllaş haqidagi xabarnomani yozma şaklda yuborişi lozim:
xizmat körsatuvçi bankka – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan taşqari çet ellik investorning çet elga ötkaziladigan daromadlarini (foydasini) repatriatsiya qiliş tartib-taomilini murakkablaştiradigan yoki uning miqdorini kamaytiradigan qöşimça talablar joriy etilgan taqdirda;
yuridik şaxslarni davlat röyxatidan ötkazadigan tegişli davlat taşkilotlariga – investitsiyalarni amalga oşiriş hajmlariga son jihatdan çeklovlar va investitsiyalar miqdori böyiça boşqa qöşimça talablar joriy etilgan taqdirda;
TIV va (yoki) IIVga – çet ellik investorlarning vizalarini rasmiylaştiriş va muddatini uzaytirişning qöşimça tartib-taomillari joriy etilgan taqdirda;
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga – çet ellik investorga qonun hujjatlarida belgilanganga qöşimça kafolatlar va qöllab-quvvatlaş çoralari beradigan investitsiya şartnomasi mavjud bölgan taqdirda (investitsiya şartnomasida körsatilgan investitsiya kiritiş şartlari böyiça).
Xabarnoma investitsiya kiritiş şartlarini yomonlaştiradigan qonun hujjati qabul qilingandan keyin istalgan vaqtda yuborilişi mumkin. Unda investor investitsiya kiritiş şartlari yomonlaşgan deb hisoblaydigan holatlar va kafolat amal qiliş muddati mobaynida özi qöllaş niyatida bölgan investitsiya kiritiş sanasida amal qilgan normativ hujjat körsatiladi.
Xabarnoma çet ellik investorga nisbatan vakolatli organ tomonidan investitsiya kiritgan sanada amal qilgan qonun hujjati qöllanişi uçun asos hisoblanadi. U yuborilgan sanasidan qat'i nazar, investitsiya kiritiş şartlarini yomonlaştiradigan qonun hujjati kuçga kirgan paytdan boşlab amal qiladi.
Xabarnomani olgan vakolatli organ unga rozilik bildirmasligi va bunday holatda kafolatlar qöllanişining qonuniyligi töğrisidagi yuridik xulosa uçun Adliya vazirligiga murojaat qilişi mumkin. Uni tayyorlaşga ikki hafta ketadi. Söngra çet ellik investorga kafolat qöllanişi noqonuniyligi töğrisida da'vo bildirişi mumkin. Buni tasdiqlovçi Adliya vazirligining xulosasi mavjud bölgan taqdirda, da'vo bildirilganda davlat boji tölanmaydi.








