Islom Xuşvaqtov

Islom Xuşvaqtovning sözlariga köra, «Sardoba» suv omborining hajmi Toşkent dengizidan tört baravar katta.

«Sardoba suv omborining umumiy hajmi 920 mln metr kubni taşkil etadi. Tasavvur qiliş uçun aytiş mumkinki, bu Çorvoq suv omboridan 42 baravar kiçik, Toşkent dengizidan esa 4 baravar katta hajmga teng.

Hisob-kitoblar hali yakunlangani yöq. Hozirgaça ma'lum bölişiça, omborda saqlangan suvning taxminan 35 foizi (ya'ni 322 mln metr kub suv) texnogen falokat tufayli oqib çiqib ketgan», – deydi u.

Suvning taqdiri nima böladi?

«Tabiatning öz qonunlari bor. Ombordan oqib çiqqan suvning ma'lum bir qismi atmosfera havosiga buğlanib ketadigan bölsa, yana bir qismi yerga singib ketadi. Qolgan qismi esa zovur va kanallar orqali Aydar-Arnasoy köllar tizimiga yönaltiriladi.

Suvning tarqaliş geografiyasini köradigan bölsak, Sirdaryoning uç tumani – Sardoba, Mirzaobod, Oqoltinga va Qozoğistonning ba'zi hududlariga yetib borgan. Bu hududlarda qançadan-qança kanallar, kollektorlar bor. Suv ularni ham töldiradi, ular qaysidir hududlarni suv bilan ta'minlaydi. Suv omborlariga ulangan kanal va kollektorlar orqali suv boşqa omborlarga tuşadi.

Fizika qonunlariga köra, suv bir turdan ikkinçi turga ötadi, ya'ni yerga singgan suvdan yerosti suvlari boyişi, atmosferaga buğlangani esa yomğir bilan tuşişi mumkin. Çiqib ketgan suvning ma'lum qismi omborga qaytariladi. Yöqotiş deyarli sezilmaydi. Ammo, açinarlisi, tayyor yiğilgan suvning yöqotilişi böldi», – deydi Islom Xuşvaqtov.

Nobud bölgan jonivorlar kasallik tarqatişi mumkin

Ekopartiya vakili ofatda nobud bölgan jonivorlarning jasadlari tezda yiğib olinişi va bu hududlar dezinfeksiya qilinişi kerakligini ta'kidladi.

«Ofatdan eng birinçi zararni omborga eng yaqin hudud – Sardoba tumani «Yurtdoş» mahallasi körgan. Damba oçilişi bilan suv avval balandlikdan katta bosim bilan ötadi. Keyinçalik suv yoyilib ketişi tufayli tezlik ham pasayadi. Oqoltin, Mirzaobod tumanlari, Qozoğiston hududiga borgunça, Abay kanaliga suv borib tuşgunça bölgan hudud katta zarar körgan. Xususan, uy hayvonlari ham.

Birinçi ofat körgan joylarda aholi zudlik bilan evakuatsiya qilingani uçun odamlar uy hayvonlarini oğilxonadan çiqarişga, mollarning ipini böşatib qöyişga ham ulgurmagan. Keyingi bosqiçlarda evakuatsiya qilingan aholi esa uy hayvonlarini haydab çiqişga ulgurgan.