Bir neça oy davom etgan munozaralardan söng Yevropa Ittifoqining atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirlari ekotizimlarni tiklaş töğrisidagi qonunni qabul qildi. 17 iyun, duşanba kuni Lyuksemburgda bölib ötgan YeI kengaşi yiğilişida Avstriyaning roziligidan söng kerakli köpçilik – kamida 15 mamlakat va Yevropa Ittifoqi aholisining kamida 65 foizi qöllab-quvvatlovi olindi. Avstriya federal kansleri, konservativ Karl Nexammerning pozitsiyasidan farqli ölaroq, mamlakat iqlimni muhofaza qiliş va energetika vaziri Leonore Gevessler qonunni yoqlab ovoz berdi, bu uning qabul qilinişida hal qiluvçi omil böldi.
Yangi qonunçilik normasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 2030 yilga borib zararlangan quruqlik va dengiz ekotizimlarining kamida 20 foizini, 2050 yilgaça esa xavf ostida qolgan barça ekotizimlarni tiklaşga majbur qiladi. Maqsadlardan biri CO2’ni öziga singdira oladigan torf yerlarini tiklaşdir. Yangi qonun yordamida Yevropa Ittifoqi atrof-muhitning vayron böliş jarayonini ortga qaytarmoqçi. Bu iqlim özgarişiga qarşi kuraş böyiça Yevropa strategiyasining muhim qismidir.
Qonun uzoq vaqt davomida YeI kengaşidagi bir qança davlatlar tomonidan bloklangan
Yevropa Ittifoqi davlatlaridan muzokaraçilar va Yevroparlament a’zolari 2023 yilning noyabrida qonun böyiça kelişib oldi, şundan söng uning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan yakuniy ma’qullanişi rasmiyatçilik sifatida qabul qilindi. Biroq Yevropa Ittifoqi kengaşining qator a’zolari hujjat qabul qilinişiga bir neça oy davomida tösqinlik qilgan. Italiya, Finlandiya, Niderlandiya, Polşa, Şvetsiya va Vengriya unga qarşi çiqdi, Belgiya esa betaraf qoldi, deb yozadi AFP diplomatik manbalarga tayanib.
Xususan, Niderlandiya şamol stansiyalari qurilişining sekinlaşişi mumkinligidan xavotir bildirdi, Polşa esa atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça çora-tadbirlarni moliyalaştiriş rejasi yöqligini ta’kidladi. Bundan taşqari, qonun konservativ siyosiy kuçlar va Yevropa mamlakatlari qişloq xöjaligi sohasi vakillari tomonidan tanqid qilinmoqda.
Vena öz vazirining «konstitutsiyaga zid» harakatlari yuzasidan sudga murojaat qiladi
Bryusseldagi qarordan söng Avstriya federal kansleri idorasi uni bekor qiliş uçun Yevropa sudiga da’vo arizasi bilan murojaat etiş niyatida ekanligini bildirdi. Avstriya vazirining qarori «konstitutsiyaga mos kelmaydi», deya ma’lum qildi Vena. Öz navbatida, Leonore Gevessler öz mamlakatidagi qarşilik haqida bilişini ta’kidladi. Biroq, u da’voni qondiriş uçun heç qanday qonuniy asos körmayapti. «Işonçim komilki, endi bu qonunni qabul qiliş vaqti keldi», deb ta’kidladi Gevessler.








