Xabar qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamentining Şahrixon tuman bölimi tomonidan fuqaro K.K.ning murojaatiga asosan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
«Andijon viloyat transport boşqarmasi bölimi boşliği M.A. fuqaro K.ning maxsus ruxsatnomasiz aholiga pullik transport xizmati körsatib kelayotgani holati böyiça jarima maydonçasiga qöyilgan «Neksiya» rusumli avtomaşinasini jarima maydonçasidan çiqarib beriş hamda holat yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirmaslik evaziga 1 mln sömni fuqaro M.Ş. orqali pora tariqasida olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan», – deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Namanganda 30 sotix yer uçun tadbirkordan 5 ming dollar söragan şaxs uşlandi
Yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali Namangan şahridan yer ajratib berişni va'da qilib, tadbirkordan pul undirmoqçi bölgan firibgar qölga olindi.
Xabar qilinişiça, Departamentning Namangan viloyat boşqarmasiga yakka tartibdagi tadbirkor A.X. murojaat qilib, «M.» ismli şaxs Namangan şahar Maşad mavzesidan tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun 0,3 gektar yer maydoni olib beriş masalasini hal qiliş evaziga undan 5 ming dollar talab qilib, avans tariqasida oldindan 500 dollar berişini sörayotganini bildirib, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
«Tadbirkorning vajlarini tekşiriş maqsadida Departament xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Ş. YaTT A.X.dan yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali yuqoridagi manzildan 0,3 gektar yer maydoni ajratib beriş evaziga 300 dollar va 1,9 mln sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan», – deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan M.Ş.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.








