2020 yil 3 may kuni soat 16:30da Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani Arslonboyli mahallasi hududidan ötuvçi 4K-596 avtomobil yölining 4-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, 73 yoşli fuqaro B.Ş. “Captiva” rusumli avtoulovi bilan harakatlanib kelayotganida boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi tomondan kelayotgan 34 yoşli fuqaro A.J.ning boşqaruvidagi “T-28” rusumli traktor yöliga çiqib ketib, yöl transport hodisasini sodir etgan.


Oqibatda "T-28” rusumli traktor yölovçisi, voyaga yetmagan, 7-sinf öquvçisi 13 yoşli Ş.J. tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Ş.J. 7 may kuni şifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.








