Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11 may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etiş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

Yiğilişda axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantiriş masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
Jahon banki hisobotiga köra, keng polosali internet tarmoğini 10 foiz kengaytiriş evaziga yalpi içki mahsulotni kamida 1 foiz östiriş mumkin.
Joriy yilda optik tolali aloqa qamrovini maktabgaça ta'lim tizimida 41 foizdan 100 foizga, xalq ta'limida 40 foizdan 70 foizga, soğliqni saqlaş sohasida 38 foizdan 100 foizga yetkaziş vazifasi belgilangan. Bu orqali köplab qişloqlarga internet tarmoği yetib boradi.
Şu bois Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga ijtimoiy obektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlaş, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigaça 90 foizga yetkaziş vazifasi qöyildi.
Bugungi kunda mavjud serverlar tölib borayotgani, sohadagi 300dan ortiq loyihani amalga oşiriş uçun 10 baravar köp quvvatli serverlar zarurligi körsatib ötildi. Axborotlarni qayta işlaydigan markazlarni köpaytiriş, xorijiy kreditlar jalb etib, loyiha qiymati 30 million dollarlik «data sentr» quriş böyiça körsatmalar berildi.
Axborot texnologiyalari qişloq xöjaligi, yerni hisobga oliş va monitoring qilişda ham juda qöl keladi. Masalan, yerni kosmik zondlaş orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni, yerning meliorativ holati va minerallaşuv miqdorini örganiş mumkin. Bu agrotexnik tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25-30 foizgaça oşiriş imkonini beradi.
Mutasaddilarga yer maydoni va suv hisobini yuritişning elektron tizimlarini işlab çiqiş, qişloq xöjaligida ekinlarni joylaştirişdan tortib, sotuvgaça bölgan jarayonlarni töliq raqamlaştiriş böyiça topşiriqlar berildi.
«Yurtimizda axborot texnologiyalari sohasida 60 ming kişi mehnat qilmoqda. Yiğilişda bu yetarli emasligi ta'kidlanib, soha mutaxassislarini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Davlat taşkilotlari tomonidan amalga oşirilayotgan loyihalarga eng avvalo mahalliy texnoparklar rezidentlarini jalb qiliş böyiça vazifalar belgilandi.












