Ijtimoiy tarmoqlarda tungi vaqtda Toşkent şahar "Ibn sino" nomli 1-son klinik şifoxonasi yonida töplanib turgan köplab tez tibbiy yordam maşinalari tasviri tuşirilgan videolavha tarqaldi.
Video muallifi şifoxona yonidagi yöl böyida ellikdan ortiq tez tibbiy yordam maşinalari turganini aytarkan, vaziyat yuzasidan öz xavotirini bildiradi.
https://ok.ru/videoembed/1493220133567
Bu holatga oydinlik kiritiş uçun Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayev bilan boğlandik.
– Heç qanday xavotirga örin yöq, hammasi nazorat ostida. Tez tibbiy yordam maşinalari aeroportdan kelişmoqda. Ma'lumki, 10 may kuni soat 23.00da maxsus charter reys orqali Dehlidan 263 nafar yurtdoşimiz Toşkentga olib kelindi. Ular orasida 2 nafar Qozoğiston va 1 nafar Rossiya fuqarosi ham bor.
Yölovçilarning 140 nafarini oğir operatsiyani boşdan keçirgan, murakkab kasalliklardan davolanayotgan bemorlar va ularning hamrohlari taşkil etadi. Şu bois ular tez tibbiy yordam maşinalari orqali Toşkent şahar 1-klinik şifoxonasiga olib borib joylaştirildi. U yerda davolaniş muolajalarini davom ettirişadi, bir vaqtning özida 14 kunlik karantin rejimini ham ötaşadi.
Qolgan 123 nafar yölovçi 14 kun davomida Yuqori Çirçiqdagi muassasada karantin rejimini ötaydi.
Hindistondan charter reys orqali qaytarilgan fuqarolardan zudlik bilan koronavirusga test tahlili olindi. Dastlabki tekşiruvlarga köra, ularda koronavirus aniqlanmagan, – dedi Furqat Sanayev holat yuzasidan izoh berarkan.








