Ijtimoiy tarmoqlarda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev egallab turgan lavozimidan böşatilgani haqida xabar tarqaldi. Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Abdulla Azizov Kun.uz muxbiriga bergan izohida bu xabarlar asossizligini ma'lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayevning işdan ketgani haqida turli yolğon xabarlar tarqaldi. Bu xabar mutlaqo asossiz bölib, buni kim va nima maqsadda tarqatgani bizga qoronği.

Barçaga ma'lumki, vazirlik matbuot xizmati pandemiya davrida koronavirus va yurtimizdagi pandemik vaziyat haqida birinçi manba sifatida axborot tarqatib turibdi. Bundan taşqari, butun mamlakat böylab tibbiyot sohasiga oid barça mediainformatsiyalar bevosita matbuot kotibining iştirokida uzatilişi barça ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaxşi ma'lum. Matbuot xizmati vazirlikning axborot siyosatini amalga oşiruvçi tuzilma sifatida tizimda mustahkam öringa ega.

Şuningdek, xizmat rahbari Furqat Sanayevning 2020 yilda oğir pandemiya şaroitida qilgan mehnatlari e'tirof etilib, Özbekiston milliy axborot agentligining «Yilning eng faol matbuot kotibi» mukofoti bilan taqdirlangani ham fikrimizga isbot böla oladi.

Xulosa qilib aytiş mumkinki, vazirlik matbuot kotibining lavozimidan ozod etilişiga heç qanday asos yöq», degan Abdulla Azizov.