Vaziyatga izoh oliş uçun Soğliqni saqlaş vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayev bilan boğlandik.
– Respublikadagi epidemiologik vaziyat barqaror va kun sayin yaxşilanib bormoqda. Bunday vahimali xabarlarda biror asos yöq. Masalan, 2021 yil 8 mart holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80 247 kişini taşkil qilsa, aynan şu kuni aniqlangan bemorlar 28 nafar bölgan. Ya'ni, bu epidemiologik vaziyat murakkab davrlarga nisbatan önlab marotabagaça kam.
Bu 80 247 nafar bemordan 78 939 nafari, ya'ni 99 foizi tuzalgan. Bugungi kunda hisobot böyiça 686 nafar koronavirus aniqlangan bemor mavjud bölib, şundan 292 nafari statsionar şaroitda, 394 nafari uy şaroitida davolanmoqda.
– COVID markazlari faoliyatiga ham töxtalib ötsangiz.
– Respublikada koronavirus infeksiyasi böyiça vaziyat eng çöqqiga çiqqanida bemorlarga tibbiy yordam körsatiş maqsadida 159ta davolaş profilaktika muassasasi faoliyat körsatgan bölsa, bugungi kunda mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror holatga kelgani natijasida respublika böyiça jami 7ta (Andijonda 1ta, Namanganda 1ta, Surxondaryoda 1ta, Farğonada 1ta, Xorazmda 1ta, Toşkent şahrida 2ta) şifoxonada davolaş işlari olib borilmoqda. 7ta muassasada jami 1 015 nafar bemor davolanmoqda. Şundan 723 nafar bemor pnevmoniya va boşqa belgilar bilan davolanmoqda.
– Yopilgan markazlarning kelgusi faoliyati nima böladi?
– Ma'lumki, bunday markazlarning aksariyati moslaştirilgan muassasalarda edi va ular yana öz faoliyatiga qaytarildi. Şuningdek, ayrim şifoxonalarning boşqa kasalliklarni davolaş bölimlari egallangandi, ular ham oldingi ixtisosligi böyiça işlay boşladi. Aynan koronavirusga qarşi qurilgan markazlar konservatsiya qilib turilibdi. Sababi, biz kelgusida epidemiologik vaziyat qanday bölişini bilmaymiz va har qanday holatga şay bölişimiz kerak.
– Britança ştammning tarqalişi qanday keçyapti?
– Britança ştamm koronavirusning bir turi, xolos. Biz nafaqat bu ştammni, balki boşqalarini ham örganyapmiz, lozim bölganda davolayapmiz. Eng muhimi, bu ştammlarning tarqalişi va davolaş usulida aytarli farqlar yöq, şu bois ortiqça murakkablik tuğdirmayapti.
Abror Zohidov suhbatlaşdi.









