Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev Özbekistonda amalga oşirilayotgan koronavirusga qarşi çora-tadbirlar, şuningdek, vaksinatsiya jarayonining ikki oylik tahlili böyiça bayonot berdi.

Şu vaqtgaça yurtimizda qança vaksina qöllandi?
Özbekistonda mart oyi oxirida vaksinatsiyaning birinçi bosqiçiga, aprel oyi oxirida ikkinçi bosqiçga, may oyida esa uçinçi bosqiçga start berildi.
Özbekistonga şu vaqtgaça:
- AstraZeneca’ning — 660 ming doza;
- ZF-UZ-VAC2001’ning — 3 yarim million doza;
- «Sputnik V» vaksinasining — 170 ming doza partiyalari keltirilgan.
Aprel-may oylari davomida 2 million dozadan ortiq vaksina qöllanib, birinçi bosqiçda 1 354 785 nafar, ikkinçi bosqiçda 714 239 nafar, uçinçi bosqiçda esa 494 nafar fuqaro emlandi.
Şu yilning 31 may holatiga köra, ikki oy davomida Özbekistonda fuqarolar:
- 646 ming 116 doza AstraZeneca;
- 1 million 351 ming 807 doza ZF-UZ-VAC2001;
- 71 ming 595 doza «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.
Şu vaqtgaça aholining qaysi qatlami eng köp vaksina oldi?

Özbekistonda emlaş jarayonlari boşlanganda birinçi galda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toşkent şahri va boşqa katta şaharlar, keyinçalik tuman markazlari va kiçik şaharlar aholisini, undan söng esa boşqa hududlarni ommaviy emlaş tadbirlari bilan qamrab oliş közda tutilgandi.
Uşbu reja asosida aprel oyida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toşkent şahri va boşqa katta şaharlarda 65 yoş va undan oşgan fuqarolar va tibbiyot xodimlari ommaviy emlaş tadbirlariga jalb qilingan bölsa, keyinçalik tuman markazlari va kiçik şaharlarda yaşovçi aholi ham emlaşga jalb etildi.








