Qatar Airways aviakompaniyasi pandemiya şaroitida mehnat qilayotgan dunyoning barça tibbiyot xodimlariga 100 mingta bepul çiptalarni taqdim qiladi.
«Bu jasur erkaklar va ayollarning mehnati uçun minnatdorçilik bildirişga til va işoralar ojizlik qiladi. Umid qilamizki, çeklovlar olib taşlanganidan söng, Qatar Airways çiptalari ularga yaxşi hordiq çiqariş imkonini beradi», dedi aviakompaniya direktori Akbar Al-Bokir.
«Agar tibbiyot xodimi bölsangiz sizga quyidagi imkoniyatlar va imtiyozlar beriladi:
- siz va hamrohingiz uçun Qatar Airways yönalişlaridan birida dam olişga möljallangan ekonomklass toifadagi 2ta boriş-keliş çiptalari;
- Dohadagi «Hamad» aeroportida joylaşgan Qatar Duty Free magazinlarida 35 foiz çegirmalar», deyiladi xabarda.
Bepul çiptalar uçun promokodlar 12 maydan 18 maygaça beriladi. Ularni 28 noyabrgaça faollaştiriş mumkin. Aksiyada iştirok etiş uçun saytdagi şaklni töldiriş lozim.
Bundan taşqari, aeroportdagi röyxatga oliş joyida tibbiyot xodimi guvohnomasining asl nusxasini körsatiş talab qilinadi. Agar şifokor samolyotga qöyilmasa, uning hamrohi ham uçib ketolmaydi. Aksiya promokodlar tugab qolgunga qadar davom etadi. Ular mamlakatlar böyiça navbatma-navbat, barça ma'lumotlar tekşirilgan holda tarqatiladi. Agar iştirokçi qalloblik qilsa, Qatar Airways uni aksiyadan çetlatadi. Çiptalardan 26 may kunidan 10 dekabrgaça foydalaniş mumkin.








