Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktorining birinçi örinbosari Botirjon Qurbonov Toşkentdagi «Abu Saxiy» bozori oçilgani, faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabarlar böyiça izoh berdi.
«Ayni vaqtda Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oziq-ovqat faoliyati bilan boğliq bölgan xizmat turlari hududning toifalanişidan qat'iy nazar faoliyat körsatib kelmoqda. «Abu Saxiy» buyum bozori faoliyatiga ruxsat berilmagan va bu kabi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi», degan u AOKA huzuridagi ştabda ötkazilgan brifingda.
Özbekistonda 24 martdan boşlab Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda joylaşgan dehqon bozorlaridan taşqari barça bozorlarning faoliyati töxtatilgandi.
Respublika maxsus komissiyasining 14 maydagi qarori bilan Özbekistonda amaldagi karantin talablari 1 iyunga qadar uzaytirildi. Uşbu qarorga köra, karantin çeklovlari böyiça ayrim yengilliklar berildi, ammo hozirça buyum bozorlari faoliyatiga qöllangan taqiq bekor qilinmadi.









