Karantin 1 iyungacha uzaytirildi va navbatdagi yengilliklar e'lon qilindi
|05:29 / 15.05.2020285 9042 min
Respublika maxsus komissiyasining 14 maydagi qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 1 iyunga qadar uzaytirildi.
15 maydan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:
«Qizil» toifadagi hududlarda:
yakka tartibdagi hunarmandchilik;
avtomobillarga va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta'mirlash;
ijara va lizing xizmatlari;
buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) ko‘rsatish.
«Sariq» toifadagi hududlarda «qizil» toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:
rieltorlik faoliyati;
reklama va marketing faoliyati;
xususiy bandlik agentliklari faoliyati;
mehmonxonalarga o‘z oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;
park va istirohat bog‘lari (attraksionlar, ko‘ngilochar obektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat bog‘lariga kirish karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda soat 09-00dan 20-00ga qadar 2 nafar shaxsdan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi.
«Yashil» toifadagi hududlarda «sariq» va «qizil» toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:
ochiq sun'iy qoplamali sport o‘yingohlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
kompyuter (skaner, nusxa ko‘chirish, matn terish, chop etish) va poligrafiya xizmatlari;
muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
veterinariya xizmatlari;
Mavzuga oid
binolarga xizmat ko‘rsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.