2019 yilning oktabr oyida «UzAuto Motors» AJ tomonidan işlab çiqarilgan avtomaşinalarni yetkazib berişni va'da qilib, jami 18 mingdan ortiq kişidan avtomaşina rusumiga qarab, 1 mln sömdan 10 mln sömgaça bölgan miqdorda pul olib, jami 57 mlrd söm mablağni qölga kiritgan «Avto oltmish oy» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan edi. Bu voqea turli ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda katta şov-şuvlarga sabab bölgan edi.
Aynan şu vaqtda, Toşkent viloyatining Angren şahrida «Avto oltmish oy» MÇJning iş uslubi bilan deyarli bir xil bölgan «Avto-Ideal-Xizmati» MÇJ öz faoliyatini yölga qöyib, juda qisqa davr – 5 oy içida 1506 nafar mijozning işonçiga kirib, ularning 1283 nafarini çuv tuşurişga ulgurgan.
Boş prokuratura huzuridagi departamentning Angren şahar bölimi tomonidan «Avto-Ideal-Xizmati» mas'uliyati çeklangan jamiyati faoliyati yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida aniqlanişiça, jamiyat rahbari K.R. va sobiq rahbari U.N. 2019 yilning oktyabridan 2020 yil mart oyiga qadar, Markaziy bankning qayta moliyalaş stavkasi 16 foizni taşkil qilib turgan bir paytda, yillik 5 foiz ustama haq evaziga, boşlanğiç badal sifatida avtomobilning 20-30 foizi miqdorida oldindan tölov qiliş şarti bilan jami 1506 nafar yuridik va jismoniy şaxslar bilan şartnomalar imzolagan.
Mazkur şartnomalarga asosan 1506 nafar mijozlarning barçasi özlari tanlagan avtomaşina qiymatining 20-30 foizini oldindan tölov sifatida jamiyat hisob raqamiga tölaşgagan (mavjud ma'lumotlarga köra bu summa 36 mlrd sömdan köproqni taşkil etgan).
Jamiyat mansabdor şaxslari öz mansab vakolatlaridan qasddan foydalanib, uşbu kelib tuşgan pul mablağlari hisobidan 228 nafar mijozga 23 mlrd sömdan oşiq qiymatdagi avtomaşinalarni yetkazib bergan. Qolgan 1283 nafar mijozga ular tölagan pul mablağlari evaziga avtomaşinalar yetkazib berilmagan yoki tölangan pul mablağlari egalariga qaytarilmagan. Buning oqibatida fuqarolarning huquq va manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetgan.
Şunga köra, departamentning Angren şahar bölimi tomonidan «Avto-Ideal-Xizmati» mas'uliyati çeklangan jamiyati mansabdor şaxslariga nisbatan joriy yiling 17 mart kuni Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi ikkinçi qismi «a»








