Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim fuqarolar sanitariya-epidemiologiya qoidalariga umuman rioya qilmay qo‘ydi - IIBB
16 may kuni Toshkentda 104 kishi jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurgan.
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Koronavirusning tarqalishini oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin choralarini yumshatish bo‘yicha qaror qabul qilingach, bir qator hamyurtlarimiz sanitariya-epidemiologiya qoidalariga umuman rioya qilmay qo‘ydilar, deb yozmoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Natijada, shahar ko‘chalarida tibbiy niqob taqmagan yoki uni to‘g‘ri taqmasdan yurgan fuqarolarni uchratish mumkin.
Toshkent shahar IIBB xodimlari va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati ishchilaridan eslatma berilgan: O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasiga (“Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) binoan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘tgan shanba va yakshanba kunlari jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolar bo‘yicha ma'lumotlar keltirib o‘tilgan. 16 may kuni Toshkentda jami 144, 17 may kuni esa 104 kishi jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurgan.
“Sizlardan o‘z salomatligingiz va atrofdagilarning xavfsizligi masalasiga jiddiy qarashingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
12:32 / 02.10.2025
Ayrim chegara punktlari karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladi
10:07 / 04.09.2025
Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi
13:27 / 02.09.2025
IIB Navoiyda kaltaklangan fuqaro bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritdi
18:37 / 20.06.2025