Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 25-avgust kuni “Içki işlar organlari profilaktika inspektorining maqomi töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.
Taʼkidlanişiça, bugungi kunda joylarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va aholi osoyiştaligini taʼminlaşda profilaktika inspektorlarining örni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu bois ularning huquqiy maqomi, vazifa va vakolatlari, kasbiy faoliyatining kafolatlarini yagona qonun bilan aniq belgilaş zarurati yuzaga kelmoqda.
Uşbu qonun loyihasi bilan profilaktika inspektorining maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi hamda xizmatni ötaş tartibi belgilanmoqda.
Qonun loyihasiga köra:
- inspektorning kasbiy faoliyatiga asossiz aralaşiş, uni xizmat vazifalari bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qiliş va unga qöşimça vazifalar yuklaş taqiqlanadi;
- profilaktika inspektorining aholi oldidagi hisobdorligi kuçaytiriladi: u har çorakda xizmat hududida amalga oşirilgan işlar yuzasidan aholi va jamoatçilik oldida hisobot beradi;
- aholining profilaktika inspektori faoliyatiga nisbatan “işonçsizlik taşabbusi”ni bildiriş mexanizmi joriy etiladi;
- profilaktika inspektorlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi mustahkamlanadi: ularning şaʼni va qadr-qimmatini davlat tomonidan himoya qiliş, mehnatiga munosib haq tölaş, xizmat va uy-joy şaroitlarini yaxşilaş, samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarni rağbatlantirişga oid kafolatlar belgilanadi.

Deputatlarga köra, bu qonun loyihasining qabul qilinişi huquqbuzarliklar profilaktikasini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqadi.

















