Suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga kompensatsiya to‘lovi uchun aholiga plastik kartalar ochib berilmoqda
Talofat ko‘rgan 4 351ta xonadon egalariga ularga to‘lanadigan kompensatsiya pullarini tushirish uchun yangi plastik kartalar ochib berildi. Buning uchun ulardan bank xizmatlariga hech qanday to‘lov undirilmagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov Sirdaryo viloyatida toshqindan zarar ko‘rgan hududlarda qilinayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Uning ta'kidlashicha, ayni paytga qadar Xalq banki tomonidan toshqinda talafot ko‘rgan 4 351ta xonadon egalariga ularga to‘lanadigan kompensatsiya pullarini tushirish uchun yangi plastik kartalar ochib berilgan. Buning uchun ulardan bank xizmatlariga hech qanday to‘lov undirilmagan. Shuningdek, 294 kishining yo‘qolgan plastik kartalari qayta tiklangan.
«Bundan tashqari, talafot ko‘rgan aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining banklardan mavjud 186,2 milliard so‘mlik kreditni qaytarish muddati 6 oygacha uzaytirib berildi.
Jiddiy zararlangan 541 uyda ta'mirlash ishlari ham olib borilmoqda», deya qayd etdi Murod Sodiqov onlayn brifingda.
Bundan tashqari, hozirga qadar 1 349 nafar fuqaroning biometrik pasportlari tiklangan, qayta o‘rganish natijasida 1 116 fuqaroning pasporti topilgan. Hozirgi kunda 983 fuqaroning pasportlarini tiklash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, 818ta tug‘ilganlik va 12ta o‘lim haqidagi, 291ta nikoh guvohnomalari ham tiklangan.
Ma'lumot uchun, aholining toshqinda yo‘qolgan hujjatlari davlat hisobidan tiklab beriladi.
Bundan avvalroq suv toshqinidan jabrlangan 4,5 mingdan ortiq oila boshliqlariga 40 million so‘mdan berilishi ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Iqtisodiyot | 18:12 / 07.03.2025
Tramp vakillari Zelenskiyning siyosiy raqiblari bilan yashirincha uchrashgan
Jahon | 15:30 / 07.03.2025
AQShning Kiyevga harbiy yordami to‘xtatilishi - bu ukrain armiyasi uchun nimani anglatadi?
Jahon | 18:17 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
O‘zbekiston | 14:01 / 06.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Ukraina AQSh yordami bilan ham omon qolmasligi mumkin
Jahon | 01:10
-
Yevrokomissiya rahbari birinchi marta xavfsizlik masalalari bo‘yicha kollegiya yig‘ilishini chaqiradi
Jahon | 00:29
-
Ukraina Qrim ko‘prigini butunlay yakson qilish bo‘yicha yangi operatsiya tayyorlamoqda
Jahon | 23:40 / 09.03.2025
-
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi
Jahon | 22:28 / 09.03.2025
Mavzuga oid

23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi

07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi

23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari

13:53 / 18.09.2022