Voqealar xronologiyasi

2020 yil 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylaşgan «Sardoba» suv ombori dambasining devorida suv sizib çiqa boşlaydi. Suv omboriga yaqin hududdagi aholini evakuatsiya qilişga kirişiladi. FVV suv bosişi xavfi mavjud bölgan hududlarda yaşovçilar ham xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinayotgani haqida xabar berdi.

Fojia sabablarini örganiş maqsadida zudlik bilan hukumat komissiyasi tuzildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev şaxsan özi hodisa joyiga borib, avariya oqibatlarini közdan keçirdi, evakuatsiya tadbirlarini taşkillaştiriş böyiça amalga oşirilgan işlar bilan yaqindan tanişdi.

Suv ostida qolgan mahallalar aholisi dastlab yaqin-atrofdagi mahallalarga joylaştirilgan bölsa, keyinçalik u yerlarni ham suv bosgani tufayli Jizzax viloyatining Döstlik, Paxtakor, Zarbdor va Mirzaçöl tumanlaridagi maktab, kollej va aholi xonadonlariga, ayrimlar esa Sirdaryoning boşqa şahar va tumanlariga köçirila boşlandi. Umumiy hisobda 90 mingga yaqin fuqaro xavfsiz joyga köçirildi