Bu haqdagi xabar jurnalistning öğli Saloh Qoşiqçining tvitterdagi sahifasida e'lon qilingan.
“Biz, Jamol Qoşiqçi öğillari bu muqaddas oyning uşbu saxovatli tunida otamizni öldirganlarni keçiramiz”, deyilgan xabarda.
Ar-Riyod siyosatining tanqidiy maqolalari bilan ma'lum bölgan jurnalist 2017 yildan AQŞda yaşab kelgan va The Washington Post naşri uçun maqolalar yozgan. U Istanbuldagi konsulxonaga 2018 yil 2 oktyabrda hujjatlarni rasmiylaştirgani kelgaç, izsiz yöqolgan. Şundan keyin uning öldirilgani va buni Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon şaxsan buyurgani haqida taxminlar paydo bölgan. 20 oktyabrda Saudiya Arabistoni hukumati jurnalist konsulxonada yuz bergan mojora vaqtida öldirilganini ma'lum qilgan. Dunyo hamjamiyati uşbu jinoyatni qoralab, Ar-Riyoddan u böyiça oçiq-oydin tergov ötkazişni talab qilgan.
Ar-Riyodning ta'kidlaşiça, dastlab jurnalistni Saudiya Arabistoniga olib çiqib ketişmoqçi bölgan.
Saudiya Arabistoni uşbu jinoyatning tergovi böyiça 2018 yil noyabrda qotillikka aloqador 11 saudiyalikka ayblovlar ilgari surgan.
2019 yil dekarbda ayblanuvçilardan 5 nafariga ölim jazosi tayinlangan, yana 3 kişi umumiy hisobda 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Biroq 2020 yil 25 mart kuni Istanbul prokuraturasi Qoşiqçining öldirilişiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 18 kişiga nisbatan sudga da'vo arizasi tayyorlagan. Prokuratura aybdorlar uçun umrbod qamoq jazosi berilişini talab qilmoqda.









