«Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar» – Prezident vazirlar va boshqa rahbarlar uzoq qishloqlarda ishlashi zarurligini ta'kidladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Davlat rahbari so‘zining boshida barchani Ramazon hayiti munosabati bilan muborakbod etdi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, ish o‘rinlari tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Andijon viloyatida 40 mingdan ziyod muhtoj oilalar borligi, sanoat loyihalari, qishloq xo‘jaligi va tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, o‘zini o‘zi band qilish hisobiga ularga daromad manbai yaratish zarurligi ta'kidlandi.
«Bosh vazir o‘rinbosarlari, hokimlar va sektor rahbarlari har bir kambag‘al oila muammolarini aniq bilishi, ular bilan manzilli ishlashi kerak», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Endi har bir sektorda «Kambag‘allikni qisqartirish shtabi» tashkil etilishi belgilandi. Bu shtablarga iqtisodiyot, moliya, mehnat, investitsiya, soliq idoralari va bank vakillari biriktiriladi. Ularning ish haqi miqdori erishilgan natijalarga bog‘liq bo‘ladi. Soliq idoralari tekshiruvchi emas, soliqchiga ko‘makchi bo‘ladi.
«Statistlar bergan raqamlar bilan shu paytgacha to‘g‘ri yo‘nalish qilib bo‘lmadi, xalqimiz manfaat ko‘rmadi. Takliflar tumanlardan, odamlarning o‘zidan chiqishi kerak. Vazirlar, rahbarlar kabinetda emas, hududlarda, uzoq qishloqlarda ishlashi zarur. Shunday og‘ir sharoitda fidoyi bo‘lmagan rahbar - xiyonatchi. Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar. Davlat idorasi vakili xalqqa qancha yaqin bo‘lsa, joylarda shuncha natija bo‘ladi, adolat mezoni ta'minlanadi», deya ta'kidladi prezident.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda "Ekologik patrul" qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:05
-
AQSh Yevropaga Putin bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ma’lum qildi
Jahon | 15:03
-
G‘azoda otishmalar ostida tarqatilayotgan taom, AQSh harbiy uchog‘ini qulatgan husiychilar va «kelajak shahri»ni tortolmayotgan Saudiya - kun dayjesti
Jahon | 14:41
-
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston | 14:25
Mavzuga oid

22:07 / 29.04.2025
Shuhratbek Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi

21:45 / 29.04.2025
Yangilangan yo‘lak va perronlar, buziladigan aerovokzal – Andijon xalqaro aeroportidan reportaj

11:02 / 29.04.2025
Andijonda Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi yashirin tunnel qaziganlarga hukm o‘qildi

21:57 / 26.04.2025