“Men öz kompaniyalarim, şaxsiy xayriyalarim orqali yordam beriş uçun barça işni qilayotganimga işonçim komil bölişini istayman. Men hayotim davomida barça pullarimni bu maqsadlarga ajratmoqçiman. Men tirikligimda özgarişlar guvohi bölmoqçiman”, deb aytgan Dorsi.
Ayni vaqtda boyligi 4,7 mlrd dollarga baholanuvçi tadbirkor turli taşkilotlarga 85 mln dollardan köproq mablağ yönaltirgan. U öz xayriyalari haqida Google-dokument orqali oçiq hisobot berib boradi. Uning ta'kidlaşiça, u xayriya jamğarmasini xarajatlardan qoçiş uçun taşkil etmagan.








