Bu haqda AQŞning Tinç okeani floti qömondonligi xabar berdi.

Sinovlar 16 may kuni ötkazilgan. Lazer qurilmasi Pyorl-Xarbor bazasi yaqinida joylaşgan USS Portland desant-transport kemasi bortiga örnatilgan bölgan.

Ta'kidlanişiça, State Laser Weapons System Demonstrator deb nomlangan lazer tizimi sinovdan ötkazilgan.

Uşbu sinov aks etgan qisqa videoda kema tumşuğida örnatilgan lazer qurilmasidan dengiz sirti böylab ketuvçi yorqin nur çiqqanini, söngra osmonda yonayotgan dronni köriş mumkin.  

Bu AQŞ flotida lazer qurolining birinçi qöllanişi emas, ammo u dronga qarşi ilk bor qöllangan.

2019 yil oktyabrda AQŞda kiçik kemalar va dronlarga qarşi jangovar lazer yaratilgani ma'lum bölgandi. Uni USS Portland kemasiga örnatiş rejalaştirilgandi. Ta'kidlanişiça, uşbu lazer Northrop Grumman korporatsiyasi tomonidan işlab çiqilgan.