Bola parvarişi böyiça nafaqa va moddiy yordam oluvçilar soni qöşimça 10 foizga oşiriladi
Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmoniga köra, 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoşga tölgunga qadar bola parvarişi böyiça nafaqa va moddiy yordam oluvçilar soni qöşimça 10 foizga oşiriladi.
Tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan soliq imtiyozlari kuçga kiradi
Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni bilan 2020 yilning 1 iyunidan boşlab kiçik tadbirkorlik sub'yektlari, bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, jamoat transporti korxonalari, sport-soğlomlaştiriş muassasalari, şuningdek, yölovçi taşiş, maişiy xizmatlar körsatiş, binolarni, şu jumladan banketlar ötkaziş uçun ijaraga beriş faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar mol-mulk soliği va yer soliğini tölaşdan ozod qilinadi.
Imtiyoz 1 sentyabrigaça bölgan davr uçun amal qiladi.
Tibbiyot muassasalarida fitobarlar taşkil etiladi
Prezidentning «Yovvoyi holda ösuvçi dorivor ösimliklarni muhofaza qiliş, madaniy holda yetiştiriş, qayta işlaş va mavjud resurslardan oqilona foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarorga muvofiq, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tibbiyot muassasalari, şu jumladan oilaviy poliklinikalar va qişloq (ovul) vraçlik punktlarida fitobarlar taşkil etiladi
Import qilinadigan çilim uçun tamakiga aksiz soliği tölanadi
Prezident qarori bilan import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, çekiladigan, çaynaladigan, hidlanadigan, şimiladigan (snyus), nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga ham aksiz soliği kiritiladi.







