Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda Yaponiyaning koinot qöşinlarida bor-yöği 20 kişi bor. Bu haqda JB Press portali xabar berdi. 

Kunçiqar mamlakat hukumati koinotning boşqa davlatlar tomonidan mudofaa maqsadlarida qöllanişi faollaşgandan keyin bunday qöşinlarni yaratişga qaror qilgan.
 
Portalning ta'kidlaşiça, Yaponiya “Katta yettilik” davlatlari içida koinotda harbiy harakatlar borasida eng “qoloq” davlat hisoblanadi. Biroq uning koinot bilan boğliq işlanmalari xalqaro miqyosda yuqori baholanadi.

“Yaponiya koinot operatsiyalari bölinmasini şakllantirgani evaziga nihoyat start çiziğiga çiqdi. Yaponiyaning orqada qolişining sababi “uning konstitutsiyasida “tinç koinot” ğoyasi mustahkamlab qöyilgani hisoblanadi”, deyilgan xabarda. 

Ta'kidlaş ötib joiz, AQŞ prezidenti Donald Tramp 2019 yil dekabrda AQŞ koinot qöşinlari taşkil etilişini e'lon qilgandi.