Ma'lum qilinişiça, bu yil karantin tufayli 1-sinflarga qabul iyun oyidan emas, iyul oyidan boşlanadi.

Amaldagi tartibga köra, har yili 1 iyundan 31 avgustga qadar respublikadagi barça maktablarning 1-sinfiga qabul jarayonlari amalga oşirilgan. Buning uçun ota-onalar töğridan töğri maktablarga borib hujjatlarni topşirgan. Karantin şaroitida buni amalga oşiriş, ya'ni ota-onalarning ta'lim muassasalariga yozgi mavsumda ham kelişlarini ta'minlaşda muammo yuzaga keladi.

Uşbu masalada ham Xalq ta'limi vazirligi öz takliflarni işlab çiqmoqda. 

Özbekiston Respublikasi prezidenti huzurida 2020 yil 30 aprelda ötkazilgan 28-sonli yiğiliş bayoniga muvofiq respublikamizda karantin çeklovlari bosqiçma-bosqiç yumşatilib borilayotganligini inobatga olib hamda pandemiya ta'siri töliq bartaraf etilguniga qadar 1-sinfga qabul jarayonlarini iyun oyidan iyul va avgust oyiga köçiriş belgilangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Buning natijasida:

  1. Ota-onalarning maktablarga taşrifini çeklaş orqali karantin qoidalariga töliq rioya etilişi ta'minlanadi;
  2. Iyun oyida umumta'lim maktablari bitiruvçilarining hujjatlarini rasmiylaştiriş bilan, oliy öquv yurtiga hujjatlarni topşirişga tayyorlaydi.

1-sinfga qabul jarayonlari boşlanganidan söng, maktab ma'muriyati orqali qöşimça ma'lumot oliş mumkin.