Umuman olganda, Dorsi pandemiya vaqtida eng saxovatpeşa milliarderga aylandi: u aprelda öşandagi umumiy boyligining uçdan bir qismi – 1 mlrd dollarni koronavirusga qarşi kuraşga yönaltirişga va'da bergandi. 

Project 100 koronavirus pandemiyasidan jabr körgan amerikalik oilalarga 1000 dollardan pul tölaydi. Uşbu loyiha GiveDirectly, Propel va Stand for Children notijorat taşkilotlarining umumiy loyihasi hisoblanadi. Forbes’ning ma'lum qilişiça, GiveDirectly 7 yildan beri butun dunyo böylab muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlab keladi. Loyiha saytida ma'lum qilinişiça, u 84300 oilaga moliyaviy yordam körsatgan. Loyihaning maqsadi 100 ming amerikalik oilaga yordam berişdan iborat. Yordam oluvçi oilalar oziq-ovqat uçun talonlar berilişi ortidan kuzatişda qöllanuvçi Fresh EBT dasturi foydalanuvçilari orasidan tasodifiy ravişda tanlab olinadi. 

Uşbu loyihani qöllab-quvvatlagan taniqli kişilar orasida milliarder Linn Şusterman va Blue Meridian Partners notijorat taşkiloti, Microsoft’ning sobiq boş direktori Stiv Balmer, Google asosçisi Sergey Brin va dunyoning eng boy odami Jyeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Bezos bor.

Aprelda 44 yoşli Jyek Dorsi koronavirusga qarşi kuraşga umumiy boyligining uçdan bir qismini - 1 mlrd dollar yönaltirişini ma'lum qilgandi. Hozirda uning boyligi 4,8 mlrd dollarga baholanmoqda. Pandemiyadan keyin uşbu pullar ayollar salomatligi, ta'lim va ijtimoiy sohalardagi loyihalarga yönaltiriladi. Bungaça tadbirkor turli taşkilotlarga 85 mln dollardan köproq mablağ ajratgan. 

Avvalroq Dorsi butun boyligini xayriya qilişni rejalaştirayotganini ma'lum qilgandi.