AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Saudiya Arabistoniga 500 mln dollarlik 7,5 ming   dona yuqori aniqlikda boşqariluvçi aviabomba sotişni rejalaştirmoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.

Manbalarga köra, aviabomba yetkazib beriş va sotiş töğrisidagi xabarnoma senatning xalqaro munosabatlar böyiça qömitasi hamda vakillar palatasining xorijiy işlar böyiça qömitasiga yanvarda jönatilgan. 

Ta'kidlanişiça, bu taklif ma'qullanadigan bölsa, Saudiya Arabistoni 7500 dona Paveway IV yuqori aniqlikdagi aviabombalarini sotib oladi.

2019 yilda AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Eronga qarşilik körsatiş uçun Iordaniya, Saudiya Arabistoni va BAAga 8,1 mlrd dollarlik qurol sotiş böyiça yakuniga yetmagan 22ta şartnomani ma'qullaşni aytgandi.