“Taşrif davomida kompaniya rahbariyati zavod mutasaddilari, zavodni modernizatsiya qiliş va rekonstruksiya qiliş loyihasini amalga oşiruvçi guruh bilan uçraşişdi. Uçraşuv davomida neft narxlarining global özgarişi şaroitida korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, zavodning mavjud texnologik quvvatlari, yetkazib berilayotgan xomaşyo narxlari hamda sifati, zavodni modernizatsiya qiliş va rekonstruksiya qiliş loyihasini amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Zavodni modernizatsiya qiliş va rekonstruksiya qiliş böyiça investitsiya loyihasini amalga oşiriş natijasida AI-91, AI-93, AI-95 markali yuqori oktanli benzin işlab çiqariş va AI-80 markali benzin işlab çiqarişdan butunlay voz keçiş, şuningdek Yevro-5 talablariga javob beradigan yoqilğilar, jumladan, dizel yoqilğisini işlab çiqarişga ötiş kutilmoqda. Uşbu yangilik Buxorodan boşlanib, butun respublikaga tatbiq etiladi”, deydi Siyovuş Töraxöjayev.

Qayd etilişiça, Buxoro neftni qayta işlaş zavodiga taşrifi davomida neft mahsulotlarni içki va taşqi bozorlarida sotiş, xomaşyo bazasini ta'minlaş, loyihaning texnik va iqtisodiy körsatkiçlarini oşiriş, neft narxidagi özgarişlarga moslaşiş, şuningdek, zavodni modernizatsiya qiliş va rekonstruksiya qiliş böyiça investitsiya loyihasini qaytariş masalalari körib çiqilgan.