Uşbu tizim dunyodagi 57,83 foiz kompyuterlarga örnatilgan.

2-örinni Windows 7 egallagan, uning uluşi 24,28 foizni taşkil qiladi. 3-örinni ham Windows operatsion tizimi versiyalaridan biri – 8.1 egallab, u 3,06 foiz kompyuterlarda örnatilgan.

Apple kompaniyasining Mac OS operatsion tizimidan eng ommaviysi MacOS Mojave bölib, 2 yil avval çiqarilgan dasturning uluşi 2,46 foizni taşkil qilgan.

Tahlilçilar Windows 7’ning ommaviyligini oddiygina könikiş bilan tuşuntirişmoqda – köplab foydalanuvçilar Windows 10’ga Microsoft kompaniyasi öz tizimini haddan köp yangilaşi sababli ötişni istaşmaydi. 

2009 yilda çiqarilgan Windows 7 operatsion tizimi 14 yanvarda rasman eskirgan deb tan olingan. Bu tizim endilikda muntazam yangilanişlar olmaydi va u böyiça texnik kömak körsatilmaydi.