Huawei öz operatsion tizimi HongMenğda işlovçi millionta smartfon işlab çiqardi. 

Ta'kidlanişiça, bu foydalanuvçilarga Xitoy kompaniyasi smartfonlarida Android-dasturlarni işga tuşirişga imkon beradi.

Yangi operatsion tizimni kuzda sotuvga çiqariladigan Mate 30 va Mate 30 Pro smartfonlari olgan. 

May oyida AQŞ Huawei kompaniyasini milliy xavfsizlikka tahdid soluvçi kompaniyalar qora röyxatiga kiritgan. Şunga köra, 19 may kuni AQŞning Google kompaniyasi Huawei bilan aloqalarni töxtatgan. Xitoy kompaniyasi Google’ning Android operatsion tizimini yangilaş imkonidan mahrum bölgan, yangi smartfonlarda esa Google Play, Chrome, Gmail, YouTube, xaritalar bölmaydi.

10 may kuni Huawei Rossiyada Android’ning muqobili – “Avrora” operatsion dasturini topgani ma'lum qilingan.